Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

o‘qishni ko‘chirish

O‘tish ballari quyidagilarga taalluqli:

  • xorijdagi OTMlardan mamlakatdagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga;
  • O‘zbekistondagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.