So‘nggi vaqtlarda Toshkentdagi chorrahalar va piyodalar o‘tish joylari yaqinida sariq va oq-qizil tasmalar paydo bo‘ldi. Bunday tasmalar odatda jinoyat joylari hamda qurilish maydonchalarini chegaralash va o‘rab olishda ishlatiladi.

Ko‘rinib turibdiki, bu piyodalarni yo‘lning kerakli joydan kesib o‘tishga majburlash uchun tatbiq etilgan. Ehtimol, tashabbuskorlar buni eng yaxshi yechim deb hisoblashgan. Bu qaror qay darajada to‘g‘ri ekani katta so‘roq ostida. Aytish mumkinki, bu amaliyot qisqa muddatli (tasmalar allaqachon uzilib ketgan) va hali ham kutilgan samara bermayapti.

Ana shu tasmalar tufayli O‘zbekiston poytaxtining allaqachon o‘ta xavfli ko‘chalari yanada xavfli ko‘rina boshladi. Ulardan foydalanish mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning umumiy yondashuvlariga (avtomobillarga ustuvorlik berilishi nazarda tutilmoqda) mos kelishi mumkin, ammo yondashuvlarni o‘zgartirish kerakligi aniq.

Aslida bu joylarda nimalar amalga oshirilishi kerak? Yo‘lni toraytirish, svetoforlarni qayta sozlash, keng xavfsizlik orollari tashkil etish, svetoforlar yo‘q joyda svetofor o‘rnatish kerak. Lekin “xavfsizlik teatri” kerak emas.

Foto

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.