Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan bakalavriat va magistraturaning davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha jami 127 259 ta o‘rin tasdiqlandi. Shundan:

  • 34 930 tasi davlat granti;
  • 92 329 tasi to‘lov-kontrakt asosida.

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha jami 49 078 ta o‘rin. Shundan o‘qitish tillari:

  • 42 577 tasi o‘zbek tili;
  • 6501 ta rus tilida.

Kechki ta’lim shakli bo‘yicha jami 11 125 ta o‘rin. Shundan o‘qitish tillari:

  • 9455 tasi o‘zbek tili;
  • 1670 tasi rus tilida.

Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha jami 2 825 ta o‘rin. Shundan o‘qitish tillari:

  • 1995 tasi o‘zbek tili;
  • 830 tasi rus tilida.

Magistratura bo‘yicha jami 17 128 ta o‘rin. Shundan:

  • 8938 tasi davlat granti;
  • 8190 tasi to‘lov-kontrakt asosida.

Bundan tashqari sog‘liqni saqlash, pedagogika, veterinariya va ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti ham e’lon qilindi.

Shuningdek xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 111;
  • Andijon viloyati — 183;
  • Buxoro viloyati — 112;
  • Jizzax viloyati — 81;
  • Qashqadaryo viloyati — 193;
  • Navoiy viloyati — 60;
  • Namangan viloyati — 165;
  • Samarqand viloyati — 227;
  • Surxondaryo viloyati — 155;
  • Sirdaryo viloyati — 50;
  • Toshkent viloyati — 177;
  • Farg‘ona viloyati — 221;
  • Xorazm viloyati — 110;
  • Toshkent shahri — 155.

Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti, xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun ajratilgan 1000 ta o‘rin taqsimoti, Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizli qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1 foizli qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti, Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 foizli qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti ham tasdiqlandi.