5−7-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 4 ta hududida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin, deya ogohlantirmoqda O‘zgidromet xizmati agentligi rahbari Sherzod Xabibullayev o‘zining Facebook sahifasida.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3−4-iyul kunlari eng chekka janubda 20−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.