Jamiyat

O‘zbekiston energetika tizimidagi GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etildi
6 iyul 2023, 19:00

O‘zbekiston energetika tizimidagi GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etildi

“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibida bo‘lgan GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari tizimi tashkil qilinib, ular endi birja savdosi orqali sotuvga qo‘yiladi.

5 yilda yaroqsiz holga kelib qolgan 600 ming gektardan ziyod yerlar foydalanishga qaytarildi
6 iyul 2023, 18:52

5 yilda yaroqsiz holga kelib qolgan 600 ming gektardan ziyod yerlar foydalanishga qaytarildi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda 1,1 mln gektar irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgani, so‘nggi 5 yil ichida ularning 600 ming gektari foydalanishga qaytarilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston san’at muzeyi ta’mir ishlari sababli yopildi
6 iyul 2023, 18:11

O‘zbekiston san’at muzeyi ta’mir ishlari sababli yopildi

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi ta’mirlash ishlari uchun yopildi. Ishlar bir necha oy davom etadi.

“O‘zmilliybank” va Standard Chartered banki o‘rtasida shartnoma imzolandi
6 iyul 2023, 17:00

“O‘zmilliybank” va Standard Chartered banki o‘rtasida shartnoma imzolandi

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “O‘zmilliybank” Buyuk Britaniyaning Standard Chartered banki bilan 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi.

Tibbiyot yo‘nalishidan “superkontrakt” butunlay olib tashlanadimi? SSV rahbari javobi
6 iyul 2023, 16:07

Tibbiyot yo‘nalishidan “superkontrakt” butunlay olib tashlanadimi? SSV rahbari javobi

Tibbiyot yo‘nalishidagi “superkontrakt” masalasida fikrim ijobiy emas, dedi sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot sohasiga kirishda “superkontrakt”ni butunlay yo‘qotish bo‘yicha hukumatga taklif kiritilgan. Qolaversa, sirtqi ta’limni ochish ham rejalashtirilmayapti.

“Yashil makon” doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi
6 iyul 2023, 16:07

“Yashil makon” doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi

Aziz Abduhakimov “Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgani, sug‘orish tizimlari bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgani kabi kamchiliklar haqida ma’lum qilgandi. Shu bo‘yicha prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi.

Milliy gvardiya qoshida qo‘riqlash-patrul xizmatini tashkil etish taklif etilmoqda
6 iyul 2023, 14:49

Milliy gvardiya qoshida qo‘riqlash-patrul xizmatini tashkil etish taklif etilmoqda

Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi huzurida qo‘riqlash va patrul xizmati tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. U qo‘riqlash xizmatlari uchun olinadigan mablag‘lar hisobidan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida ishlaydi.

Toshkent viloyatida IIO xodimi 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda
6 iyul 2023, 12:26

Toshkent viloyatida IIO xodimi 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

Sukut saqlama (Nemolchi.uz) loyihasiga may oyida qo‘shnisining tanishi tomonidan zo‘rlangan 13 yoshli qizchaning onasi murojaat qildi. Bu ishni Toshkent shahri Yashnobod tumanida faoliyat olib boruvchi profilaktika inspektori qilgani aytilmoqda.

Toshkent havosidan nafas olsa bo‘ladimi?
6 iyul 2023, 12:03

Toshkent havosidan nafas olsa bo‘ladimi?

3-iyul kuni erta tongda havo ifloslanishi bo‘yicha Toshkent yana dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi. 6-iyulga o‘tar kechasi esa shaharni tutun va kuyindi hidi qamrab oldi, havo sifati yana “zararli” darajaga chiqdi. Toshkent hokimligi va O‘zbekiston hukumati namoyishkorona sukut saqlamoqda.

Toshkentdan Xivaga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
6 iyul 2023, 10:50

Toshkentdan Xivaga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Toshkent−Xiva−Toshkent yo‘nalishida 7−10-iyul kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Toshkentdagi 3 ta avtobus yo‘nalishiga YUTONG CNG rusumli transportlar qo‘yildi
6 iyul 2023, 09:51

Toshkentdagi 3 ta avtobus yo‘nalishiga YUTONG CNG rusumli transportlar qo‘yildi

Payshanba kunidan boshlab Toshkent shahridagi 130-sonli avtobus yo‘nalishida YUTONG CNG rusumli avtobuslar harakatlanadi. Shu turdagi avtobuslar qo‘shimcha tarzda 99 va 146-avtobus yo‘nalishlariga ham biriktiriladi.

Toshkent militsiyasi uchun yap-yangi Tico’lar, qardoshlar tekshiruvi, “kapitalizm — o‘lim to‘shagida”. O‘zbek matbuoti 6-iyulda nimalar haqida yozgan?
6 iyul 2023, 07:29

Toshkent militsiyasi uchun yap-yangi Tico’lar, qardoshlar tekshiruvi, “kapitalizm — o‘lim to‘shagida”. O‘zbek matbuoti 6-iyulda nimalar haqida yozgan?

90 yil avval Sovet-Amerika munosabatlarini o‘rganish uchun nega alohida qo‘mita tuzilgandi? 60 yil avval O‘zbekiston qo‘shnilari bilan nimalarni tayyorlash bo‘yicha musobaqalashgan? 30 yil avval “O‘zdavneftmahsulot” rahbarlari nega qamoqqa olingandi? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.

Toshkentni tutun va kuyindi hidi qamrab oldi
5 iyul 2023, 23:10

Toshkentni tutun va kuyindi hidi qamrab oldi

Chorshanba oqshomida Toshkentni tutun va kuchli kuyindi hidi qamrab oldi. Rasmiylar hozircha vaziyatga izoh bergani yo‘q. Aholining taxminicha, tutun shahar tashqarisidagi dalalardan bostirib kelmoqda.

5-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 iyul 2023, 22:00

5-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Urushni qo‘llovchi rus san’atkorlarining O‘zbekistondagi konsertlari haqida gapirgan Ukraina elchixonasi, Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atagan Shavkat Mirziyoyev, banklarda omonatlar hajmi kamaygani, shakarning chakana narxi pasaygani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkent viloyatida yana somonpoya qoldiqlari yoqib yuborildi
5 iyul 2023, 17:25

Toshkent viloyatida yana somonpoya qoldiqlari yoqib yuborildi

Piskent tumanida 9,2 gektar g‘alladan bo‘shagan yerda somonpoya qoldiqlari yoqib yuborildi, tabiatga 17,4 mln so‘m zarar yetgan. Avvalroq Chinoz tumanida ham somonpoya qoldiqlari yoqilgani ortidan daraxtlar shikastlangan, o‘simlik dunyosi va tuproq unumdorligiga zarar yetgandi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini obodonlashtirish bo‘yicha 7 yillik rejani taqdim etdi
5 iyul 2023, 17:24

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini obodonlashtirish bo‘yicha 7 yillik rejani taqdim etdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan saylovoldi yig‘ilishida 2030-yilga borib poytaxtdagi yashil hududlar maydoni 5 barobarga ko‘payishini ta’kidladi. 100 kilometr uzunlikdagi veloyo‘laklar, saylgohlar, bog‘ va xiyobonlar qurish ham rejalashtirilgan.

“Yashil makon” loyihasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgan — Aziz Abduhakimov
5 iyul 2023, 17:07

“Yashil makon” loyihasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgan — Aziz Abduhakimov

Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilishi kerak bo‘lgan 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgan. Shuningdek, sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Navoiyda “Yashil makon” doirasida ekilgan daraxtlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan 36 nafar mas’ul jazolandi
5 iyul 2023, 13:56

Navoiyda “Yashil makon” doirasida ekilgan daraxtlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan 36 nafar mas’ul jazolandi

Navoiy viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni yaxshi parvarish qilmagan 10 ta tuman va shahardagi 36 nafar mas’ul shaxs 118,5 mln so‘m jarimaga tortildi.

O‘zbekistonda iyun oyi O‘rta Osiyo iqlimi uchun juda issiq o‘tdi
5 iyul 2023, 13:02

O‘zbekistonda iyun oyi O‘rta Osiyo iqlimi uchun juda issiq o‘tdi

O‘zbekistonda iyun oyi O‘rta Osiyo iqlimi uchun juda issiq o‘tdi. Toshkentda bu oy kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun oyi bo‘lib, 2021-yilgi ko‘rsatkichdan o‘tib ketdi. Sinoptiklar shimoli-g‘arbiy hududlarga Rossiyadan salqin havo kirib kelishi tufayli ob-havo nisbatan salqin bo‘lganini ham qayd etdi.

Toshkentda Lacetti 12 yoshli bolani urib ketdi
5 iyul 2023, 10:55

Toshkentda Lacetti 12 yoshli bolani urib ketdi

Sergeli tumanida 25 yoshli haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli piyodani urib ketdi. Piyoda turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting