6-iyul kuni “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” aksiyadorlik jamiyati (“O‘zmilliybank”) tomonidan Investor Day — “Yangi O‘zbekistonning investitsiya salohiyati” xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.

Ushbu tadbir doirasida “O‘zmilliybank” Buyuk Britaniya yetakchi banklaridan biri Standard Chartered Bank bilan Multilateral Investment Guarantee Agency (MIGA) jahon eksport-kredit agentligi qamroviga kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risida bitim tuzdi.

MIGA eksport-kredit agentligining asosiy afzalligi — bu ma’lum bir mamlakat tarkibiga talabning yo‘qligi, bu esa istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatini moslashuvchan tarzda tuzishga imkon beradi.

Ikkala tomon o‘rtasida erishilgan kelishuv o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eksklyuziv bo‘lib, investitsiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish, shuningdek, kichik va o‘rta biznes subyektlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini beradi.

Standard Chartered Bank kredit liniyasi kichik va o‘rta biznesning muqobil energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, transport, telekommunikatsiya va boshqa sohalardagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish va import o‘rnini bosish ta’minlanadi.

Standard Chartered Bank Buyuk Britaniyaning yirik banklaridan biri bo‘lib, 1969-yilda tashkil etilgan. Bank aktivlari 820 mlrd dollardan oshadi, kapital 50 mlrd dollar va foyda — 2,9 mlrd dollardan iborat. Xalqaro bozorda bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha asosiy turlarini taqdim etadi.


MIGA eksport-kredit agentligi va “Jahon banki” guruhining a’zosi. Institut rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jalb qilingan kredit liniyalari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘yicha turli mamlakatlarning moliya institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Reklama huquqlari asosida.