6-iyul payshanba kunidan boshlab, Toshkent shahridagi 130-sonli avtobus yo‘nalishida 11 ta YUTONG CNG rusumli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi. Avtobus “Olchazor mahallasi — Food City savdo markazi” yo‘nalishida harakatlanadi. Shu vaqtgacha bu yo‘nalishda kichkina Isuzu avtobuslari qatnardi.

Shuningdek, 99-sonli “Suvsoz mavzesi — Farxod bozori” yo‘nalishiga qo‘shimcha 2 ta va 146-sonli “Chinni bozori — Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishiga qo‘shimcha 4 ta YUTONG CNG rusumli avtobuslar biriktirildi.