O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi huzurida qqo‘riqlash-patrul xizmatini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan hukumat qarori loyihasida aytiladi.

Yangi tizim “yuzaga kelayotgan kriminogen va ijtimoiy vaziyatga tezkor ta’sir ko‘rsatishni ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb etish borasidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” maqsadida tashkil etilayotgani qayd etilgan.

Hujjat prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2023-yil 13-yanvardagi majlisi bayonnomasi asosida yaratilgan.

Xizmat davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ixtiyoriy ravishda tuzilgan shartnomalarga asosan belgilangan hududlarda tashkil etiladi.

Qo‘riqlash-patrul xizmati o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning talabidan kelib chiqib, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va shu hududda obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha ixtiyoriy ravishda tuziladigan shartnoma asosida ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlari uchun tushadigan mablag‘lar hisobiga o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash tamoyili asosida amalga oshiradi.

Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlari tarkibi ikki yoki uch nafar xodimlardan iborat bo‘ladi. Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni shartnomada belgilangan hududda, yo‘nalish bo‘ylab, maxsus avtotransportda amalga oshiradi.

Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlarining maxsus avtotransportdagi yo‘nalishining masofasi 6−8 km.ni tashkil etadi. Tuzilgan shartnoma talablariga ko‘ra mazkur masofa uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlarining maxsus avtotransport vositasi avtomobil radiostansiyasi, maxsus nur va tovush chiqaruvchi moslamalar, ovoz kuchaytirish qurilmasi va boshqa zaruriy texnik vositalar bilan jihozlanadi.

Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlari Milliy gvardiya qo‘mondonining tegishli buyruqlarida belgilangan formali kiyim-boshda xizmat o‘taydi va ekipirovka bilan ta’minlanadi. Qo‘riqlash bosh boshqarmasining hududiy Qo‘riqlash boshqarmalari boshliqlarining topshirig‘iga asosan fuqarolik kiyimida xizmat o‘tashi mumkin.

Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlarining asosiy vazifalari — patrullikni amalga oshirish orqali shartnomada belgilangan hududda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, patrullikni amalga oshirish hududida qonunbuzarlik xatti-harakatlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni oldini olish va bartaraf etish, shartnomada obyektlarni, mol-mulklarning qo‘riqlovini amalga oshirish.

Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlari quyidagi huquqlarga ega:

  • mansabdor shaxslar va fuqarolarning hujjatlarini, shu jumladan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularni shaxsiy ko‘rikdan (tintuvdan) o‘tkazishni amalga oshirish, ashyolarni, transport vositalarini hamda olib o‘tilayotgan yuklarni ko‘zdan kechirish, shu jumladan nazoratning texnik va boshqa vositalari qo‘llanilgan holda ko‘zdan kechirish;
  • fuqarolardan jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini tark etishini talab qilish;
  • jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yokiқидирувда bo‘lgan shaxslarni ushlash bo‘yicha tezkor ta’sir choralarini ko‘rish;
  • fuqarolardan qonun hujjatlariga rioya etishni, g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda эсамажbuрлов чоралариni qo‘llash;
  • joy uchastkalarini, turar joylarni, imoratlarni va boshqa obyektlarni o‘rab olish (to‘sib qo‘yish);
  • Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ichki ishlar organlarining, shuningdek boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;
  • jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarniушлаб turish va Milliy gvardiya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda olib borish;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va belgilangan tartibga muvofiq jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va xizmat qurolini qo‘llash.

Qo‘riqlash-patrul xizmati naryadlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanish huquqiga ega.