Ukraina elchixonasi — urushni qo‘llab-quvvatlovchi rus san’atkorlarining O‘zbekistondagi konsertlari haqida

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedovning Grigoriy Lepsning konserti haqidagi intervyusi bo‘yicha bayonot berdi. Diplomatik missiya bunday gastrollarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston imijiga tahdid ekanini ta’kidlab, qarshi chiqqan faollarga minnatdorlik bildirdi.

Yil boshidan buyon banklardagi omonatlar hajmi 12 trln so‘mga kamaydi

O‘zbekiston tijorat banklarida yil boshidan buyon depozitlar qoldig‘i 216,7 trln so‘mdan 204,7 trln so‘mgacha kamaydi. Aprel oyidagi ko‘rsatkichda o‘sish kuzatilganiga qaramay, may oyida omonatlar qoldig‘i yana kamaygan.

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilgani haqida gapirib, buni yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi. “Biz radikalizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatishga mutlaqo qarshimiz”, — dedi u.

Ichki bozorlarda shakarning chakana narxi yil boshiga nisbatan 10 foizga pasaydi — Raqobat qo‘mitasi

O‘zbekistonda shakarning chakana narxi ichki bozorlarda yil boshiga nisbatan 10 foizga arzonlashdi. Yanvar-iyun oylarida birja savdolariga jami 336,7 ming tonna shakar qo‘yilib, uning 83 foizi sotilgan.

“Poytaxtda dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev poytaxtga 1200 ta elektrobus olib kelinishi va ularning jamoat transportidagi ulushi 50 foizga yetkazilishini aytdi. “Dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi”, — dedi nomzod.

O‘zbekistonda 10 ta strategik kon, 40 ta oltin uchastkasi auksion orqali tadbirkorlarga beriladi

2023-yilda O‘zbekistonda 10 ta strategik qazilma koni, 40 ta oltin izlovchilar uchun uchastka hamda 500 dan ortiq noruda kon va maydonlari elektron auksion orqali tadbirkorlarga taqdim etiladi.

Milliy gvardiyaga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Milliy gvardiya qoshidagi Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi. Shuningdek, maktabga 650 mln so‘mlik beda pichani xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazilgan, keyinroq esa bitim bekor qilingan.

Endi qarzni to‘lamaganlik uchun belgilangan jarima miqdori undiriladigan summadan oshmaydi

Prezident imzolagan qonun bilan ma’muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi.

“Yangiariq” poligonida qozog‘istonlik harbiylar ishtirokidagi o‘quv kursi yakunlandi

Qozog‘istonlik harbiy mutaxassislar Xorazm viloyatidagi “Yangiariq” umumqo‘shin poligoni bazasida joylashgan o‘quv markazida tajriba almashdi. Ikki davlat harbiylari suvli to‘siqlardan o‘tish, jangovar qurollarni qo‘llash, yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish, tibbiy yordam ko‘rsatish kabilarni mashq qildi.

“Yashil makon” loyihasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgan — Aziz Abduhakimov

Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilishi kerak bo‘lgan 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgan. Shuningdek, sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgan.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Qrimdagi O‘zbekiston sanatoriysi muammolari, Toshkentda hunar o‘rganayotgan kubaliklar, o‘zini respublika deb e’lon qilgan viloyat. O‘zbek matbuoti 5-iyulda nimalar haqida yozgan?

90 yil avval gazetalarda nega odamlarni sudsiz-so‘roqsiz “o‘g‘ri” deb yozaverishgan? 60 yil avval ilg‘or g‘allakorlarga qanday “motivatsiya” berilgan? 30 yil boshqa joyda tug‘ilgan futbolchilar nega Rossiya termasida o‘ynashni afzal bilgan? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.