Toshkent−Xiva−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 reysga qatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

2023-yilning 7, 9-iyul kunlari 156-sonli Toshkent−Xiva yo‘nalishi:

  • Toshkent 16:28 — Xiva 7:10

2023-yilning 8, 10-iyul kunlari 155-sonli Xiva−Toshkent yo‘nalishi:

  • Xiva 8:28 — Toshkent 00:30

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishin mumkin.