16-iyul sanasida Yaponamama pan-osiyo restoranining 17-filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimda mehmonlarni shou-dasturlar va bepul sushi-rollarning tarqatilishi kutilmoqda.
Samarqand viloyatida 27 yoshli ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga jo‘natgan. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Baqlajondan tayyorlangan kotletlar, pashtet, gazak, salat, baqlajon chips va boshqalar — Zira.uz baqlajondan turli noodatiy taomlarni tayyorlab ko‘rdi. Mazali yegulik va salatlarning retsepti bilan tanishing.
Fotosuratchi Xolida Musulmon 2022-yil iyul oyida Jizzax viloyatidagi xonadonlarning birida tashkil etilgan abituriyentlarning o‘ziga xos tayyorlov markazida ikki kun yashab, ularning o‘qish va turmush sharoitlarini tasvirga tushirgan edi. “Gazeta.uz” uning fotohikoyasini taqdim etadi.
SSV Nurafshon shahridagi tug‘uruqxonada homilador ayol chaqalog‘i bilan vafot etgani yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, ayol muassasaga o‘ta og‘ir ahvolga keltirilgan va “sepsis. I-II darajali septik shok” tashxisi qo‘yilgan. Biroq olib borilgan jadal reanimatsion terapiyaga qaramay, ayol vafot etgan.
Pezident sifatida qasamyod qilgan Shavkat Mirziyoyev, uning inauguratsiya marosimidagi nutqi va rejalari, yana boshlanadigan “Tashabbusli budjet”, ish haqini natura shaklida to‘lash tartibi, Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga 18 ta korxona kimyoviy moddalar oqizib kelgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Toshkent kanallari va uning atrofidagi suv omborlaridan olingan namunalar eng ko‘p ifloslangan suv Salar kanali, eng tozasi esa Anhor kanali va Chorvoqda ekanini ko‘rsatdi. Bular 12-iyuldagi bir kunlik ma’lumotlar, umuman olganda, O‘zgidromet muntazam ravishda tahlillar o‘tkazib turadi.
AQShlik professor Barbara Ouklining “Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi” kitobi o‘zbek tiliga o‘girilib, “Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etildi.
Erondan issiq tropik havoning kirib kelishi hisobiga 11-iyuldan O‘zbekiston bo‘ylab termik depressiya kuzatildi. Biroq bu davr uzoq davom etmadi. Dam olish kunlarida harorat pasayadi. Kelgusi haftada harorat yana qisqa muddatga ko‘tarilishi mumkin.
Ipakchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovga nisbatan sudga bergan arizasini qaytarib oldi. U o‘ziga nisbatan olib borilgan tergov bo‘yicha raddiya e’lon qilishni, uzr so‘rash va 1 mlrd so‘m tovon puli to‘lashni talab qilgandi.
Toshkentdagi yana 32 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.
Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Prezident sobiq rahbar Husnutdin Xosilovni faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olgandi.
Juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab Kavkazdan kirib kelayotgan havo harakatini davom ettiradi va barcha joylarda issiq zaiflasha boshlaydi. Dam olish kunlari harorat +33…+38 daraja, faqat ayrim joylarda 39…+40 darajagacha issiq bo‘ladi.
Bosh prokuratura o‘rganishi davomida Toshkent shahrida joylashgan 18 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan Bo‘zsuv kanaliga yuqori konsentratsiyada ifloslangan kimyoviy moddalar oqizilgani aniqlandi va korxonalar ogohlantirildi.
G‘azalkentda qotillikda gumonlangan shaxslar ushlangani, Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi, O‘zbekiston avtomobil bozoridagi pasayish, Namanganda nashida sabab aka-singilga sud hukmi o‘qilgani, Asakadagi zavodni to‘liq qayta ishga tushiradigan UzAuto Motors va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston “odam savdosiga barham berish bo‘yicha minimal standartlarga to‘liq rioya etayotgani yo‘q, ammo buning uchun jiddiy sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi AQSh Davlat departamentining dunyodagi odam savdosi bo‘yicha yangi hisobotida.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida fuqaro uyida to‘qqizta bo‘z echkiemar va beshta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini qonunga xilof ravishda saqlayotgani, ulardan biri nobud bo‘lgani aniqlandi. Shuningdek, u ikki ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygan. Tabiatga yetkazilgan zarar salkam 51,5 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Ipakchilik qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovni sudga berdi. Saytda uning ipakchilik sohasidagi kompaniyalar bilan aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida maqola chop etilgan. Davlat xizmatchisi raddiya e’lon qilish, uzr so‘rash va 1 mlrd so‘m tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.
Toshkent shahridagi Olmazor, Yashnobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida 14-iyul kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Bandixon prokuroriga mahalla raislarini haqoratlagani uchun intizomiy chora qo‘llanildi. Lekin prokuror Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddaci bilan ham javobgarlikka tortilishi kerak edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting