G‘azalkentda qotillikda gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida poytaxtning Olmazor tumanida qotillik sodir etganlikda gumon qilingan bir guruh shaxslar ushlandi.

Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 14-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning saylangan prezident Shavkat Mirziyoyevning lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi 14-iyul, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Inflyatsion kutilmalar pasayishda davom etmoqda, ammo valyuta kursi o‘zgarishi bo‘yicha xavotirlar ortdi

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya ketma-ket beshinchi oy pasaymoqda. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovida biznes va uy xo‘jaliklari kelgusi 12 oy ichida narxlarning oshishiga asosan valyuta kursining o‘zgarishi ta’sir qilishini qayd etgan.

Ayrim ta’lim muassasalarida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochiladi

Prezident qarori bilan 2024/2025 o‘quv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochiladi.

Eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestrga kiritiladi

2023-yil oktabridan O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlar berilgan kompaniyalar reyestrini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu reyestrni yuritish va kamsitmaslik shartlariga rioya etilishini nazorat qilishga Raqobat qo‘mitasi javobgar bo‘ladi. Qo‘mita “Biz sizni tinglaymiz” loyihasini ham amalga oshiradi.

O‘zbekiston avtomobil bozorida iyun oyida keskin pasayish kuzatildi

Iyun oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida 123 ming dona avtomobil sotildi, bu may oyiga nisbatan 21 foizga kam. Sotuvlar birlamchi bozorda ham, ikkilamchi bozorda ham pasaydi. Shu bilan birga, xorij avtomobillari va elektromobillarga talab ortdi.

Namanganda bir-biriga nashida yuborgani uchun aka-singilga sud hukmi o‘qildi

Namanganda “aqidaparastlik materiallari, shu jumladan nashidalar”ni tarqatgani uchun 23 yoshli yigitga 5 yilga qamoq, uning 19 yoshli singlisiga 2 yilga “uy qamog‘i” jazosi tayinlandi. Singil videolarni akasi tarqatgani, bu ishga uni aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq keyin aybiga iqror bo‘lgan.

UzAuto Motors 17-iyuldan Asakadagi zavodni to‘liq qayta ishga tushiradi

UzAuto Motors`ning Asakadagi zavodi 17-iyuldan to‘liq qayta ishga tushadi. Kompaniya matbuot xizmati hozirda liniyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilayotganini ma’lum qildi. Oy boshida zavod faoliyati modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha to‘xtatilgandi.

Samarqand viloyatida yosh yigit itni oqimi kuchli bo‘lgan kanalga uloqtirdi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bir yigit itni oqimi kuchli bo‘lgan kanalga tashladi, boshqasi jarayonni videoga oldi. Ularning ikkisi ham hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. It omon qolgan.

Xivada Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab xalqaro bahodirlar musobaqasi o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan 2024-yil Xivada “Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Mahalla raislarini so‘kkan Bandixon prokuroriga nisbatan intizomiy chora qo‘llanildi

Bandixon prokuroriga mahalla raislarini haqoratlagani uchun intizomiy chora qo‘llanildi. Lekin prokuror Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddaci bilan ham javobgarlikka tortilishi kerak edi.