12-iyul kuni “O‘zgidromet” Toshkentdagi kanallar va uning atrofidagi suv omborlaridan yer usti suvlaridan namunalar olib, tahlil qildi. Kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar tarkibi suvning ifloslanish indeksi (SII) bo‘yicha o‘rganildi, deya xabar qildi “O‘zgidromet” matbuot xizmati.

suv tozaлиги, suvning ifloslanishi, тошкент, ўзгидромет

Natijalar

  • Bo‘zsuv kanali — Teleminora hududi. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII — 1,15.
  • Qorasuv kanali — Furqat bog‘i hududida. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII — 1,68.
  • Salar kanali — Ekoparkdan quyida. Suv sifati IV sinf ifloslangan suvlarga mos keladi, SII — 2,88.
  • Anhor kanali — Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII — 0,83.
  • Bo‘rijar kanali — Magic city bog‘i hududi. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII — 1,05.
  • Chorvoq suv ombori — Suv sifati II sinf toza suvlar, SII — 0,99.
  • Tuyabo‘g‘iz suv ombori — Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII- 1,22.

Suv ifloslanishi indeksidan yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv obyektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini ham beradi.