14-iyul kuni Toshkent shahrining Olmazor, Yashnobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” ma’lum qildi.

Kompaniya bu “iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida” amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Olmazor tumani: “Namuna” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: “Xayrobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, — deyiladi xabarda.