Sening qoshlaring shu o‘smadan suv ichgan, orzularing shu — abituriyentlarning katta oilasida yanada charxlangan, dardlaring qorishgan. Bu oilaning dami, nafasi o‘zgacha. Dars qilar chog‘da ham maqsadlarni eslatadi, hatto ularni devorlarga qadab chiqadi: “SamPI, 189 ball”, “189 ball, oz qoldi”, “
Uxlama, ey abituriyent, asri taraqqiy vaqtida!” — eh, bular o‘zni ovutish, abituriyent qizlarning birga kurashi edi. Sen yashayotgan xona derazasiga qaraganimda ham kitoblaru duolarni ko‘rardim — deraza romlari umid bilan kuylardi.
Materialga izohlar