Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida qasamyod qildi

Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi.

“Konstruktiv muxolifat faoliyatini kafolatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonda konstruktiv muxolifat faoliyati, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatish huquqlari kafolatlanishini ta’kidladi.

Kim “Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi”, deb o‘ylasa, xato qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida O‘zbekistonda haqiqiy safarbarlik endi boshlanishini ta’kidladi. “Kimki „Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi“, deb o‘ylasa, xato qiladi”, — dedi 3-muddatga saylangan prezident.

“Biz faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak” — prezident

O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitini asrash, suv taqchilligining oldini olish dolzarb vazifa bo‘lib qoladi, dedi prezident. U, shuningdek, O‘zbekiston faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligi kerakligini ta’kidladi.

“Korrupsiya bo‘lmasa, hammasi xalqqa va’da berganimizdek bo‘ladi” — O‘zbekiston prezidenti

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya nutqida “hamma tizim o‘zgaradi”, deya va’da berdi. Qonunlar, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladiganlar o‘rnini yoshlar egallashini bildirdi. Prezident korrupsiya bo‘lmasa, “barcha ishlar xalqqa va’da berilganidek bo‘ladi”, deya ta’kidladi.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi. Bu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Ipakchilik qo‘mitasi rahbari Kun.uz`ga qarshi da’vo arizasini qaytarib oldi

Ipakchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovga nisbatan sudga bergan arizasini qaytarib oldi. U o‘ziga nisbatan olib borilgan tergov bo‘yicha raddiya e’lon qilishni, uzr so‘rash va 1 mlrd so‘m tovon puli to‘lashni talab qilgandi.

Toshkentda yana 32 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkentdagi yana 32 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.

Oltin-valyuta zaxiralari minimal talab ko‘rsatkichidan qariyb 4 barobar ko‘p — Markaziy bank

Markaziy bank O‘zbekiston xalqaro zaxiralari bo‘yicha tarqalayotgan xabarlarga bergan munosabatida zaxiralar 11,3 oylik importni qoplashga yetishini bildirdi. Bu minimal talabdan qariyb 4 barobarga ko‘p. Ko‘rsatkich yil boshidan buyon 2 mlrd dollarga kamaygan.

“Biz faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak” — prezident

O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitini asrash, suv taqchilligining oldini olish dolzarb vazifa bo‘lib qoladi, dedi prezident. U, shuningdek, O‘zbekiston faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligi kerakligini ta’kidladi.

“Biokimyo” va “Andijon biokimyo zavodi” AJlardagi davlat ulushini xususiylashtirish boshlandi

Davaktiv “Biokimyo” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va “Andijon biokimyo zavodi” AJdagi 76 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Korxonalarning ustav fondi 9,6 mlrd va 24 mlrd so‘m, ikkala zavodning ham ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,83 mln dekalitrni tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasi ish haqini natura shaklida to‘lash tartibini belgiladi

Hukumat ish haqini natura shaklida to‘lash tartibi bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan o‘zi yoki oilasi iste’moli uchun oziq-ovqat mahsulotlari berish, uy xizmatchilari bilan esa oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish mumkin bo‘ladi.

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga 18 ta korxona tomonidan kimyoviy moddalar oqizib kelingani aniqlandi

Bosh prokuratura o‘rganishi davomida Toshkent shahrida joylashgan 18 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan Bo‘zsuv kanaliga yuqori konsentratsiyada ifloslangan kimyoviy moddalar oqizilgani aniqlandi va korxonalar ogohlantirildi.

OTB O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi direktor tayinladi

Kanokpan Lao-Araya Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bo‘ldi. Bungacha u bankning Qirg‘izistondagi vakolatxonasini boshqargan.