AQShlik professor Barbara Ouklining “Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi” kitobi o‘zbek tilida chop etildi.

asaxiy.uz, реклама

Miya faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ekspert Barbara Ouklining matematika va tabiiy fanlarni oson o‘zlashtirishga yordam beruvchi kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Mazkur asar o‘zbek kitobxonlariga aniq va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llash usullari haqida hikoya qiladi.

asaxiy.uz, реклама

Kitob o‘rganishning oson yo‘llari, masala yechish, tahlil va yodlashning noodatiy usullarini o‘z ichiga olgani sabab o‘quvchida fanga qiziqishni orttiradi, shuningdek, miya ikkita rejimda ishlashi, chalg‘ib turish foydalari hamda tasavvur kuchi haqida to‘liq ma’lumot beradi. “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobini o‘qish orqali ushbu dolzarb bilimlarni egallash mumkin:

  • xotira va eslab qolish qobiliyatini yaxshilash;
  • kreativ fikrlashni va muammolarni samaraliroq yechish;
  • ishni keyinga qoldirish odatini yengish va yaxshi o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • miya qanday o‘rganishini chuqurroq tushunish;
  • aktiv o‘rganish ko‘nikmasini hosil qilish;
  • xato qilish qanday qilib bilimni oshirishga yordam berishini tushunish;
  • davomiy harakatning o‘zlashtirishdagi o‘rnini bilib olish;
  • bilimni amalda qo‘llashni sinovdan o‘tgan usullari bilan tanishish.

asaxiy.uz, реклама

Sanab o‘tilgan ko‘nikmalar va boshqa dolzarb bilimlarni egallash usullarini Barbara Oukli ko‘rsatib beradi. Kitob imtihonga tayyorlanayotgan abituriyent, fanlarni yaxshiroq o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan talaba yoki lavozimda yuqorilashi uchun yangi bilimni o‘rganishi kerak bo‘lgan xodim uchun o‘rganishning tadqiqotchilarga ma’lum bo‘lgan oddiy, samarali va qulay usullari bilan tanishtiradi.

Kuchli qiziqish bilan o‘qiladigan ushbu kitob mavzu borasidagi umumiy tushuncha bilan boshlanadi va mashqlar bilan olingan yangi bilimni mustahkamlashga undaydi. Professor Barbara Oukli “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobida matematika va tabiiy fan qo‘rquvlarini qanday yengish va bu fanlarda ustunlikka erishish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Kognitiv fandagi so‘nggi tadqiqotlarga asoslanib, muallif miya qanday o‘rganishini va bu bilimlarni inson o‘z foydasi uchun qanday ishlatishi mumkinligini tushuntiradi va samaraliroq o‘rganish bo‘yicha amaliy maslahatlar beradi.

asaxiy.uz, реклама

Kitob “Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etilgan bo‘lib, bank ko‘magi jamiyat uchun yana bir foydali kitob chiqishida muhim rol o‘ynadi. Kitob o‘rganish borasida amalda ish beruvchi maslahatlari bilan o‘zbek kitobxonlariga foydali qo‘llanma bo‘ladi deb aytish mumkin. Kitobni tayyorlashda tarjimon, muharrirlar, korrektorlardan iborat mutaxassislar jamoasi ishlagan bo‘lib, matn sakkiz bosqichli sifat nazoratidan o‘tgan.

“Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobi hozirda asaxiy.uz internet-do‘koni orqali sotilmoqda va O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib berish imkoni mavjud.

Kitobga quyidagi havola orqali buyurtma berish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.