Jamiyat

Ehtiyojmand oilalarga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar berish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi — bosh vazir o‘rinbosari
11 noyabr 2023, 23:30 1

Ehtiyojmand oilalarga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar berish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi — bosh vazir o‘rinbosari

Bosh vazir o‘rinbosari Jashmid Qo‘chqorov O‘zbekistonda uy-joy sotib olish uchun subsidiyalarning bir qismi doimiy daromadi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarga ajratilayotganini ma’lum qildi. Natijada ular subsidiyadan foydalana olmayapti. Shu bois ularga yordam berish tartibini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

“Qancha pul bersa, mening bolam qaytib keladi?” — “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha navbatdagi jabrlanuvchilar ko‘rsatmasi
11 noyabr 2023, 17:46

“Qancha pul bersa, mening bolam qaytib keladi?” — “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha navbatdagi jabrlanuvchilar ko‘rsatmasi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud davom etmoqda. 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda farzandi dori iste’molidan so‘ng vafot etgan besh jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi. Ularning ba’zilari bir necha mlrd so‘mlik moddiy kompensatsiya talab qildi, aksariyati ayblanuvchilarga nisbatan eng og‘ir jazo tayinlanishini so‘radi.

Kattaqo‘rg‘onlik 19 yoshli yigit prezidentni haqoratlagani uchun 2,5 yilga qamaldi
11 noyabr 2023, 12:38

Kattaqo‘rg‘onlik 19 yoshli yigit prezidentni haqoratlagani uchun 2,5 yilga qamaldi

Sud Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 19 yoshli yigitni Instagram`da Shavkat Mirziyoyevga nisbatan haqoratli fikr yozgani uchun 2 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Sudya, shuningdek, sudlanuvchining ushbu ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini bloklashga qaror qildi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
11 noyabr 2023, 12:09

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Shanba tongida Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu salkam bir soat davomida avtotransportlar harakati to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagani xabar qilindi.

Toshkent shahrida 13-tumanni tashkil etish rejalashtirilmoqda
11 noyabr 2023, 10:28

Toshkent shahrida 13-tumanni tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrida “Yangi Toshkent” deb nomlanadigan 13-tumanni tashkil etish loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Oshqovoqdan taom va pishiriqlar
11 noyabr 2023, 10:00

Oshqovoqdan taom va pishiriqlar

Oshqovoqli sho‘rva, tatarcha burma, latte, amerikancha pirog, gulsimon somsalar yoki shokoladli pechene — qovoqdan mazali taomlardan tashqari shirin yeguliklar ham tayyorlasa bo‘ladi. Zira.uz noodatiy retseptlar bilan bo‘lishadi.

Toshkentda bir kunda ikkita yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, jabrlanganlar bor
10 noyabr 2023, 22:13

Toshkentda bir kunda ikkita yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, jabrlanganlar bor

Toshkentda bir kunda yo‘lovchi avtobuslari ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Avvalroq Yashnobod tumanida 21-sonli avtobus yo‘l o‘rtasida turgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan edi, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa qayrilib olmoqchi bo‘lgan 151-sonli avtobusning old qismiga avtomobil urilgan.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
10 noyabr 2023, 21:27

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

“Kapitan Marvel 2” va yana 7 ta premera, do‘konlardagi chegirmalar va aksiyalar, “NeUyat” va “Ayol yo‘li” festivallari, Tarkan konserti, spektakllar, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va kvizlar, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Ombudsman BMT ekspertlarining Dauletmurat Tajimuratov haqidagi bayonotiga javob berdi
10 noyabr 2023, 20:42

Ombudsman BMT ekspertlarining Dauletmurat Tajimuratov haqidagi bayonotiga javob berdi

BMT mustaqil ekspertlari huquq himoyachisi Dauletmurat Tajimuratov 2022-yil iyulida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan Urganchdagi 11-tergov izolyatorida jismoniy va ruhiy bosimga uchraganini ma’lum qildi. O‘zbekiston Ombudsman idorasi Tajimuratov qiynoqlar haqida xabar bermaganini bildirdi.

Toshkentda mast holda piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan amaldor 4,5 yilga qamaldi
10 noyabr 2023, 20:16

Toshkentda mast holda piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan amaldor 4,5 yilga qamaldi

Iyunda Toshkentda Maktabgacha ta’lim agentligining sobiq xodimi mast holda Nexia avtomobilida bir ayolni urib yuborgan edi. Piyoda ko‘plab jarohatlar tufayli kasalxonada vafot etdi. Uning qizi 100 mln so‘m tovon pulidan bosh tortdi va suddan aybdorni jazolashni so‘radi. Haydovchi 4,5 yilga qamaldi.

Tug‘ilgan kun sharafiga chegirma: Click-Premium`ni 12 ming so‘mga xarid qilish mumkin
10 noyabr 2023, 17:00

Tug‘ilgan kun sharafiga chegirma: Click-Premium`ni 12 ming so‘mga xarid qilish mumkin

10−12-noyabr kunlari Click ilovasida Premium-obunani atigi 12 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Obunaning odatiy narxi 50 ming so‘mni tashkil qiladi.

Toshkentda bir erkak juma namozi vaqtida olamdan o‘tdi
10 noyabr 2023, 16:47

Toshkentda bir erkak juma namozi vaqtida olamdan o‘tdi

Chilonzor tumanidagi “Ko‘zi ojizlar” jome’ masjidida bir erkak juma namozini ado etish vaqtida olamdan o‘tdi. Uning yuragi shifokorlar kelguniga qadar to‘xtagan, tez yordam mashinasi esa avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygani tufayli murdaning oldigacha yetib borolmagan.

“Mablag‘larimiz o‘z natijasini ko‘rsatmayapti”. Alisher Qodirov — o‘qituvchilarga ajratilayotgan pullar haqida
10 noyabr 2023, 16:21

“Mablag‘larimiz o‘z natijasini ko‘rsatmayapti”. Alisher Qodirov — o‘qituvchilarga ajratilayotgan pullar haqida

O‘qituvchilarga ajratilayotgan budjet mablag‘lari o‘z samarasini ko‘rsatmayapti, deya ta’kidladi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov. 2024-yilgi davlat budjetida o‘qituvchilarning oylik maoshi uchun 35 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi
10 noyabr 2023, 14:41

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi

Yashnobod tumanida 21-sonli MAN avtobusi yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi jarohat olgan, ikkala transport vositasi ham texnik shikastlangan.

Shanba, yakshanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
10 noyabr 2023, 11:34

Shanba, yakshanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kunining ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni ertalab va kechasi Farg‘ona vodiysida hamda Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.

Xorazmda 2 dona qadimiy bilaguzukning xorijga olib chiqib ketilishi oldi olindi
10 noyabr 2023, 11:15

Xorazmda 2 dona qadimiy bilaguzukning xorijga olib chiqib ketilishi oldi olindi

Xorazmdagi “Shovot” chegara bojxona postida XX asr boshlariga tegishli bo‘lgan 2 dona bilaguzukni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi.

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi
10 noyabr 2023, 09:00

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonning 16 ta shahrida 19-noyabr kuni davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi tashkil qilinadi. Barcha shaharlarda yagona masofa — 3 km, Toshkentda 3 va 10 km ni tashkil qiladi.

O‘zbekistonlik olima ayol UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi
9 noyabr 2023, 16:42

O‘zbekistonlik olima ayol UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Milliy universiteti laboratoriyasi mudiri, mikrobiologiya bo‘yicha olima Dilfuza Egamberdiyeva UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi. U mukofotni o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, tuproq biologiyasi va mikroblar xilma-xilligi sohasidagi tadqiqotlari uchun qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonga chet el fuqarolarini taklif qilish uchun endi onlayn ariza berish mumkin
9 noyabr 2023, 15:56

O‘zbekistonga chet el fuqarolarini taklif qilish uchun endi onlayn ariza berish mumkin

Xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish xizmatlari endi my.gov.uz portali orqali ham ko‘rsatiladi. DXXning hududiy boshqarmasi yuborilgan so‘rovnomani 7 ish kuni ichida tekshirib, xulosa beradi. Taklifnoma 3 oyga amal qiladi.

"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting