11-noyabr kuni tongda Qamchiq dovonida yuk avtomobilida yong‘in yuz berdi.
“Qamchiqavtoyo‘l”ning ma’lum qilishicha, M-39 yo‘lining Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh yo‘nalishi 222-kilometrida yuk mashinasi yongan.
Soat 07:55 da ushbu yo‘nalishda avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Bu orada yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilib, vodiy-Toshkent yo‘nalishi soat 08:44 da avtotransportlar harakati uchun ochilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatda hech kim jabrlanmagan. Avtomobilga yetgan zarar ko‘lami haqida ma’lumot hozircha yo‘q.