19-noyabr kuni O‘zbekistonning 16 ta shahrida mamlakat tarixining muhim sanalaridan biri — davlat bayrog‘ini qabul qilish kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kuni har bir ishtirok etishni istovchi O‘zbekiston ravnaqi, suvereniteti va milliy davlatchiligi g‘oyalari yo‘lida millatni birlashtirishga qaratilgan vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shilishi mumkin.

Davlat bayrog‘i — davlat mustaqilligining ramzi bo‘lib, xalqaro miqyosda uning o‘zligini belgilaydi. 1991-yilning 18-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va yosh respublika yangi maqom hamda yangi davlatchilik ramziga ega bo‘ldi. 32 yildan so‘ng mamlakatimizda o‘tkazilayotgan tadbirlar O‘zbekistonning turli sohalarda, shu jumladan, katta va ommaviy sportda erishayotgan yutuqlarida ishonchli yo‘lni namoyish etgan holda, davlat bayrog‘ining ko‘tarilishi bilan bo‘lib o‘tmoqda.

Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Asaka Bank ATV, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishtirok etmoqda, tadbirning bosh hamkori — “O‘zbekneftgaz” AJ va Yoshlar siyosati va srort vazirligi bo‘lib, texnik boshqaruvi O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bayroq kuni munosabati bilan mamlakat bosh ramzlaridan biri bo‘lgan davlat bayrog‘i Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Xiva, Nukus va Toshkent shaharlari yashovchilari tomonidan markaziy ko‘chalar bo‘ylab olib o‘tiladi.

Toshkentda start va finish zonasi Huno Arena sport-muz majmuasi maydonida joylashadi. Musobaqaning tasdiqlangan konsepsiyasiga ko‘ra, barcha shaharlarda yagona masofa — 3 km, Toshkentda esa 3 va 10 km ni tashkil qiladi.

Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni nishonlashga shuningdek boshqa mamlakatlardan sportchilar va yuguruvchilar ham qo‘shilishlari mumkin. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining tashabbusi bilan 2023-yilda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi xalqaro maqomga ega bo‘lib, musobaqada ishtirok etish uchun Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan sportchilar hamda yugurish klublari ishtirokchilari taklif etiladi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi World Athletiss xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining amaldagi qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.

Toshkent shahridagi ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etuvchi yugurish havaskorlari va sportchilar uchun iTisket.uz saytida pullik ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochildi. 3 km masofaga yugurishda ishtirok etish narxi — 99 ming so‘m, 10 km masofaga — 149 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ro‘yxatdan o‘tganlarga ishtirokchining start paketi 17 va 18-noyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzil bo‘yicha beriladi: I. Karimov ko‘ch., 98A, Yengil atletika federatsiyasi binosi.

Ishtirokchi paketiga quyidagilar kiradi:

  • chipga ega start ko‘krak nishoni;
  • kepka;
  • longsliv.

Start paketini olish uchun ularni berish punktiga shaxsan kelish va ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchining QR-kodini taqdim etish kerak bo‘ladi.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining Toshkentdagi bosqichining g‘oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti jamg‘armasi ajratilgan:

  • birinchi o‘rin — 3 mln so‘m;
  • ikkinchi o‘rin — 2 mln so‘m;
  • uchinchi o‘rin — 1 mln so‘m.

Viloyatlarda pul mukofoti tashkiliy qo‘mitalar tomonidan shakllantiriladi.

3 va 10 km masofada belgilangan vaqt ichida yugurishda finishga yetib kelgan barcha ishtirokchilar maxsus medallar bilan taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumotni (+998) 95−142−01−84 telefoni orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.