O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi o‘zbek-xitoy qo‘shma laboratoriyasi mudiri, mikrobiologiya bo‘yicha olima Dilfuza Egamberdiyeva UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.

Dilfuza Egamberdiyeva qishloq xo‘jaligi sanoatida elastik va barqaror tizimlarga oid ilmiy ishlar olib borgan. Uning tadqiqotlari atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy maqbullikka yo‘naltirilgan.

Olima mukofotni o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, o‘simliklarning stressga chidamliligi, tuproq biologiyasi va mikroblar xilma-xilligi sohasidagi tadqiqotlari uchun qo‘lga kiritdi.

UNESCO-Karlos Finley mukofoti tashkilot va Kuba hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan, ikki yilda bir marotaba taqdirlanadigan ilmiy mukofotdir. U o‘zining sariq zang kasalligi bo‘yicha tadqiqotlari bilan mashhur kubalik shifokor va mikrobiolog Karlos Xuan Finley sharafiga qo‘yilgan.

Mikrobiologiya sohasida erishgan salmoqli ilmiy izlanishlari yutuqlari uchun olimlar yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari mazkur mukofot sohibi bo‘la oladilar.