Xorazm viloyati “Shovot” chegara bojxona postida bojxona xodimlari 2 dona qadimiy bilaguzukni yashirincha olib chiqishga uringan yo‘lovchini to‘xtatib qolishdi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar qildi.

“Shovot” chegara bojxona posti orqali “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan ushbu yo‘lovchi 520 grammdan ziyod og‘irlikdagi bilaguzuklarni qo‘l yuki orasida olib chiqishga uringan.

San’atshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra — nikel, mis, qalay va kumush aralashmasidan qo‘ldan ishlangan ushbu bilaguzuklar XX asr boshlariga mansub bo‘lib, tarixiy-badiiy qiymatga ega madaniy boylik hisoblanadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha, Shovot tuman sudining qaroriga asosan qadimiy ashyolar davlat egaligiga o‘tkazildi va Xiva “Ichanqal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boylikларни O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.