9 aprel kuni Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Olimjon Nurmatov sog‘lig‘i yomonlashgani sababli O‘rtachirchiq tumani hokimi lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi Toshkent viloyati hokimligi.

Olimjon Nurmatov.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qosimov Ixtiyor Rustamovich tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ixtiyor Qosimov 1986 yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Prezident boshqaruv Akademiyalarini tamomlagan.