Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov imzolagan farmonga ko‘ra Musa Murataliyevich Jamanbayev Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

2018 yilning dekabridan buyon elchixonaga rahbarlik qilgan Ibragim Junusov yil boshida diplomatik missiyasini yakunlagan edi.

Qirg‘iziston prezidenti saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Musa Jamanboyev bungacha davlat rahbarining protokol xizmati rahbari lavozimida ishlab kelgan.