O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘sh xalqaro aeroportida Aripovni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov kutib oldi.

1 aprel kuni ikki davlat hukumat rahbarlari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Qirg‘iziston prezidentining chegaradosh viloyatlardagi vakolatli vakillari hamda O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari hokimlari kengashining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Akilbek Japarov va Abdulla Aripov videokonferensaloqa orqali Botken viloyati, Leylek tumani, Marg‘um qishlog‘idagi umumta’lim maktabining ochilish marosimida ishtirok etadi.