Siyosat

Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish haqida
31 mart 2022, 18:32

Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish haqida

Prezident jahondagi nobarqaror vaziyatda O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Jumladan, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlari qayta ko‘rib chiqiladi, tadbirkorlarga 10 trln so‘m «revolver» kreditlar beriladi. Yil yakunigacha Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotganlarning debitor qarzdorligi uchun jarima va penya qo‘llanilmaydi.

«Hokimlar va prokurorlar qayoqqa qaragan?» — prezident shakar «ajiotaji» haqida
31 mart 2022, 17:41

«Hokimlar va prokurorlar qayoqqa qaragan?» — prezident shakar «ajiotaji» haqida

Shavkat Mirziyoyev Jizzax, Samarqand hamda Toshkent shahrida zaxiralar o‘z vaqtida tarqatilmagani sababli, shakar narxi keskin oshganini tanqid qildi. «Ushbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?», — dedi u. Ta’kidlanishicha, Ramazon oyida narxlarning barqarorligini ta’minlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

«Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli» — Shavkat Mirziyoyev
31 mart 2022, 17:31

«Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident videoselektor yig‘ilishida valyuta bozori barqarorlashgani, birjada rubl va yuan bo‘yicha savdolar boshlanganini aytdi. «Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Ta’kidlanishicha, ekspertlar jahondagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilmoqda. Shundan kelib chiqib, bosh vazir boshchiligida Respublika shtabi tuziladi.

“Erishgan yutuqlarimizni saqlab qolishimiz kerak”. Nozim Xusanov — bolalar va majburiy mehnatga chek qo‘yilgani haqida
31 mart 2022, 16:02

“Erishgan yutuqlarimizni saqlab qolishimiz kerak”. Nozim Xusanov — bolalar va majburiy mehnatga chek qo‘yilgani haqida

Mehnat vaziri Nozim Xusanov mamlakat yutug‘ining 50 foizi bolalar va majburiy mehnatga chek qo‘yishga erishilganida bo‘lsa, qolgan 50 foizi uni saqlab qolishga bog‘liqligini aytdi. Senat raisi Tanzila Narbayeva esa “odamlar yaratilgan sharoitlar, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy himoya tizimidan qoniqishi kerakligini” ta’kidladi. Bunga erishish uchun O‘zbekiston xalqaro Better Work dasturidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ayrim sohalar bosqichma-bosqich 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazilishi ham mumkin.

Davlat xaridlaridagi korrupsiyadan qanday qutilish mumkin?
31 mart 2022, 14:11

Davlat xaridlaridagi korrupsiyadan qanday qutilish mumkin?

Korrupsion sxemalarning davlat, jamiyat va tadbirkorlikka yetkazadigan zarari mamlakat rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi. TDYUU «Biznes huquqi» kafedrasi mudiri Xusain Radjapov davlat xaridlarida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion sxemalarni tahlil qildi va ushbu qoidabuzarliklarga qarshi kurash samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi.

O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari qanday kelishuvlarga erishdi?
31 mart 2022, 10:28

O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari qanday kelishuvlarga erishdi?

O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari o‘rtasida imzolangan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim jangovar tayyorgarlik va mudofaa sanoati sohasidagi sheriklik masalalarini ham qamrab oladi.

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Xivani ziyorat qildi (foto)
30 mart 2022, 21:17

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Xivani ziyorat qildi (foto)

30 mart kuni Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an hamda ularning rafiqalari Xorazmga tashrif buyurdi. Davlat rahbarlari birgalikda Xivadagi qadimiy obidalarni, jumladan Ichan qal’ani ziyorat qildi.

Davlatning ayrim AJlardagi «oltin aksiya» huquqi bekor qilindi
30 mart 2022, 16:46

Davlatning ayrim AJlardagi «oltin aksiya» huquqi bekor qilindi

O‘zbekistonda strategik tarmoqlarning xususiylashtiriladigan ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi — «oltin aksiya» bekor qilinmoqda. Qolaversa, endi unitar korxonada kuzatuv kengashi tashkil etilishi va u korxona boshqaruv organi bo‘lishi mumkin. Kengash a’zolarining vakolat muddati esa 3 yilgacha uzaytirildi.

Buxoroda viloyat sudi raisi o‘rinbosari «odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun» lavozimidan ozod qilindi
30 mart 2022, 15:51

Buxoroda viloyat sudi raisi o‘rinbosari «odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun» lavozimidan ozod qilindi

Prezident farmoyishi bilan Buxoro viloyat sudi raisi o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi «odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun» lavozimidan ozod qilinib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga olib chiqadi
30 mart 2022, 10:05

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga olib chiqadi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga ko‘tarishga kelishib oldi. Muzokaralar yakunida 10 ta hujjat, shu jumladan, imtiyozli savdo, mudofaa sohasida hamkorlik va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Shuningdek, Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni Turkiyaga taklif qildi (foto).

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga O‘zbekistonga keldi
29 mart 2022, 19:41

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga O‘zbekistonga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga Toshkentga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida ularni Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Turkiya yetakchisi O‘zbekiston prezidenti hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi.

Rossiya Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faolligini keskin qisqartiradi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari natijasi
29 mart 2022, 19:16

Rossiya Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faolligini keskin qisqartiradi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari natijasi

Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ukraina xalqaro xavfsizlik kafolatlari masalasida o‘z takliflarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshilik qilmaydi, mamlakat xavfsizligi BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari tomonidan kafolatlanadi. Ayni vaqtda Kiyev harbiy ittifoqlarga qo‘shilishdan bosh tortishga va’da berdi. Rossiya esa Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faollik keskin qisqartirilishini ma’lum qildi.

Abdulaziz Kamilov xorijda davolanmoqda — TIV
29 mart 2022, 13:31

Abdulaziz Kamilov xorijda davolanmoqda — TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning «ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida» xorijda davolanayotgani xabar qilindi.

«Adolat» partiyasi vakili «Ochiq budjet» portalida mablag‘ ajratishga ovoz berish jarayonini «tilanchilik» deb atadi
28 mart 2022, 16:26

«Adolat» partiyasi vakili «Ochiq budjet» portalida mablag‘ ajratishga ovoz berish jarayonini «tilanchilik» deb atadi

«Adolat» partiyasi vakili Gulniso Saidova «Ochiq budjet» portalida fuqarolar muammolar yechimi bo‘yicha tashabbuslarni taklif etib, bunga ovoz to‘plash jarayonini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu o‘zlariga qadrdon bo‘lgan tashkilot, maktab, bog‘cha va hokazolarga davlatning mablag‘ ajratilishi uchun tilanchilikdir». So‘nggi uch oyning o‘zida platformada 69,7 ming tashabbusga 5,9 mlnta ovoz berilgan.

Turkiya prezidenti 29−30 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
28 mart 2022, 12:04

Turkiya prezidenti 29−30 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29−30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Davlat organlari 2021 yilda ko‘pincha davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlamagan
25 mart 2022, 15:24

Davlat organlari 2021 yilda ko‘pincha davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlamagan

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov davlat organlari ochiqligining monitoringi yuzasidan ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 135 ta davlat organidan 80 tasi (60 foizi) 2021 yilning IV choragidagi davlat xaridlariga oid ma’lumotlarni e’lon qilmagan. 204 ta tuman va shahar hokimliklarining 43 tasida esa veb-saytning o‘zi umuman ishlamaydi.

Savdo-sanoat palatasiga rais tayinlandi
25 mart 2022, 14:16

Savdo-sanoat palatasiga rais tayinlandi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Davron Vahobov Savdo-sanoat palatasiga rahbar etib tayinlandi.

Ukrainadan yana 146 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi
24 mart 2022, 19:02

Ukrainadan yana 146 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Chorshanba kuni Ukrainadan yana 146 nafar o‘zbekistonlik, shu jumladan, 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga yetgaman bola va 2 nafar chaqaloq Polsha orqali olib kelindi. Evakuatsiya boshlangan kundan to hozirga qadar 27 ta aviareys yordamida jami 6030 nafar fuqaro vatanga qaytarildi.

Prezident YeTTB va OTB rahbarlarini qabul qildi
24 mart 2022, 18:13

Prezident YeTTB va OTB rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil Reno-Basso xonim hamda Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakavani qabul qildi. Uchrashuvlarda sheriklik munosabatlarini kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni tayyorlashga kelishib olindi.

Olimjon Mirzayev madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi
24 mart 2022, 17:01

Olimjon Mirzayev madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi

Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul xodim sifatida ishlagan Murodjon Majidov egalladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting