19 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning shimoli-sharqidagi hududlarda yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Ram Nath Kovind va bosh vaziri Narendra Modiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Dam olish kunlari Bangladeshda kamida 25 kishi chaqmoq yoki ko‘chki oqibatida halok bo‘ldi. Mamlakatning yaqin tarixidagi eng kuchli suv toshqinidan aziyat chekkan shimoli-sharqiy hududlarda millionlab odamlar uysiz qolib ketdi, deb xabar berdi Reuters.

«Bangladeshdagi ko‘plab daryolar sathining xavfli darajaga ko‘tarilishi hamda Hindiston tog‘lari bo‘ylab kuchli yomg‘ir oqimi yuzaga kelishi natijasida ikki mamlakat chegarasidagi Assam shtatida (Hindiston) suv toshqini hodisasi ro‘y berdi. Oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qidiruv va qutqaruv ishlari uchun minglab politsiyachilar, armiya xodimlari mamlakatning ayrim hududlariga safarbar etilgan. Hozirgacha 105 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan, biroq politsiya rasmiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, yana to‘rt milliondan ortiq odam yordamga muhtoj.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, mintaqada 3,1 mln odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan, ulardan 200 ming nafari suv chiqmagan qirg‘oqlarda, tog‘larda hamda hukumatning vaqtincha bosh panalarida jon saqlamoqda.

Foto

Foto: REUTERS/Jayanta Dey

Foto: REUTERS/Anuwar Hazarika

Foto: REUTERS/Abdul Goni

Foto: REUTERS/Mohammad Ponir Hossain

Foto: REUTERS/Abdul Goni

Foto: REUTERS/Abdul Goni

Foto: REUTERS/Stringer

Foto: REUTERS/Stringer

Foto: REUTERS/Stringer