Chorshanba kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani hokimi lavozimiga Shakarboyev Dilshod Davronovich nomzodi tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dilshod Shakarboyev.

Mazkur tayinlovga qadar Dilshod Shakarboyev Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Qo‘shrabot tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Himmat Oqbo‘tayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Shu kuni viloyatning Ishtixon tumani hokimi lavozimiga Ruziyev Fazliddin Kiranovich nomzodi tasdiqlandi.

Fazliddin Ruziyev.

Mazkur tayinlovga qadar Fazliddin Ruziyev Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Ishtixon tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Shuxrat Negmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.