O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqladi. Hujjat Qonunchilik palatasida 11 iyun kuni qabul qilinib, 13 iyun kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Qonunning 1-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda referendumda qabul qilingan qarorlar, agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa (bundan oldin faqat referendum yo‘li bilan edi) bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.

8-moddaga kiritilgan o‘zgartirishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish органларига referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda siyosiy partiyalar, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar bilan bir qatorda qatnashish huquqini berdi.

Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug komissiyalariga referendum o‘tkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida (avval — 15 kun edi) ma’lum qiladilar.

Endilikda 9-moddaga kiritilgan o‘zgartirishlar kuzatuvchilarga, jumladan, yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalarining joylashtirilishini, shuningdek, fuqarolarning ro‘yxatga olinishini kuzatish imkonini beradi.

Shuningdek, mazkur modda kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini kamida uch kun oldin xabardor qilishi kerakligini ifoda etuvchi qo‘shimcha band bilan to‘ldirildi.

Qonunning 18-moddasi (Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari) avval MSK referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari va harakatlari ustidan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishni ham ko‘zda tutar edi. Endi esa komissiya ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.

MSKning ushbu qonun bilan tartibga solinmagan boshqa vakolatlari saylov to‘g‘risidagi boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.

Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 10 kundan kechikmay kamida 8−18 nafar (avval — 9 nafar edi) komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari va kotibi komissiya majlisida uning a’zolari orasidan saylanadi.

Referendum o‘tkazuvchi okrush komissiyalari a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari kengashlari majlislarida muhokama qilinadi hamda referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin yetti kundan kechikmay MSK tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

23-moddaga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

Bundan tashqari, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pini bir tashkilotda ishlaydigan shaxslar tashkil etadigan bo‘lsa, ular ushbu komissiya tarkibiga tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasaxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari mustasno.

24-modda referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lanishini ko‘zda tutgan band bilan to‘ldirildi.

25-moddaga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, fuqarolar, shuningdek kuzatuvchilar referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari ustidan ushbu qaror qabul qilingandan keyin 5 kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. MSKning qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin 5 kun ichida Oliy sudga shikoyat qilish mumkin. Shikoyat kelib tushgandan keyin 3 kun ichida, agar referendumga 6 kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqiladi. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.

IV bob 25−1-modda (referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi) bilan to‘ldirilmoqda:

Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar referendumni o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu qonun talablari buzilganligi yoki referendum tashkil etishning boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi, ushbu murojaatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, referundumga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.

Murojaatlar qaydlov daftarida ro‘yxatga olinishi lozim.

Referendum o‘tkazuvchi komissiyaning raisi murojaatni ko‘rib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun tegishli komissiyasini ushbu qonunda belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini o‘tkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.

Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kirmaydigan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.

Murojaatni ko‘rib chiqqan referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolari uni ko‘rib chiqish natijalari va qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.

27-moddaga qo‘shimchada ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish referendumga 5 kun qolganda to‘xtatilishi belgilandi.

35−1-moddaga ko‘ra (muddatidan oldin ovoz berish) saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov byulletenini tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadigan yopiq konvertda referendum uchun qoldiradi. Konvert yopishtiriladigan joyda uchastka komissiyasining ikki a’zosining imzolari qo‘yiladi, ular komissiya muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi. Saylovchining imzosi haqidagi talab moddadan chiqarib tashlandi.

Qonun, shuningdek, fuqaroning xorijiy davlatda turgan joyida ovoz berishni tartibga soluvchi 35−2-modda bilan to‘ldirildi.

37-moddaga qo‘shimchada ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomaning nusxasi zudlik bilan referendum o‘tkazish bo‘yicha okrug komissiyasi binosiga kamida 48 soat davomida osib qo‘yilishi shart.

41-moddaga ko‘ra, avval referendumda qabul qilingan qaror O‘zbekistonning butun hududida majburiy bo‘lgan va O‘zbekiston davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bilan tasdiqlanishi shart emas edi. Endilikda mazkur qarorni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat qabul qilish zarur bo‘lsa, davlat organi o‘z vakolatlari doirasida qaror kuchga kirgan kundan boshlab 10 kun muddatda mazkur masala va ularni tayyolash davri bo‘yicha hujjatlar ro‘yxatini va normativ-huquqiy hujjatlarni belgilashi shart. ularni