Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023-yilda O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, tashrif hali tasdiqlanmagan.
“Fransiya tomoni avvalroq o‘z niyatlarini bildirgan. Shu munosabat bilan, ayni damda faqat Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Tashrifni e’lon qilish uchun rasmiy tasdiq talab qilinadi. Ayni paytda bunday tasdiq yo‘q. Agar ma’lumot tasdiqlansa, O‘zbekiston hukumati tashrifni amaliy mazmun bilan to‘ldirish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi”, — deya ta’kidladi ISS vazirligi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ikki marta — 2018 va 2022 yillarda Fransiyaga borib Emmanuel Makron bilan uchrashgandi. ikkichi tashrifida Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga borishga taklif qilgandi.