Doha (Qatar) shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchi Dilshodbek Baratov finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib borib, kumush medal hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu jangda oltinni ispaniyalik Fransisko Garrigos qo‘lga kiritdi, shohsupaning uchinchi pog‘onasini gruziyalik sportchi Georgiy Sardalashvili va janubiy koreyalik Li Xa Rim egalladi.

Ikkinchi chempionatda erkaklar 66 kilogrammgacha, ayollar esa 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida kurash olib boradi. Shu kuni O‘zbekistondan 4 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi:

  • -66 kg: Sardor Nurillayev — Abrek Naguchev (xalqaro neytral sportchi);
  • -66 kg: Muhriddin Tilovov — Vayl Ezzin (Jazoir);
  • -52 kg: Diyora Keldiyorova — Estrella Sherif (Ispaniya) / Mariye Matia (Kamerun);
  • -52 kg: Sita Qadambayeva — Gabriela Dimitrova (Bolgariya).