O‘zbekiston prezidentining 5-maydagi qarori bilan Ilxomjon Abduxalilovich Abdugafarov transport vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Ilxomjon Abdugafarov O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ilxomjon Abdugafarov 1973-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat universitetini, 2000-yilda Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti aspiranturasini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi, mutaxassisligi: amaliy matematika.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, u bank tizimida 23 yil ishlagan.