O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

“Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.

Tadbirlarda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Armaniston yetakchilari ham qatnashishi kutilmoqda.