8-may kuni O‘zbekiston qonun hujjatlariga, jumladan, Saylov kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun kuchga kirdi.

Quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin Saylov kodeksining 66-moddasi (Muddatidan ilgari prezident saylovi):

Prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezident saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda ikki oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Kodeksda 74−1-modda (Qonunchilik palatasi deputatlarining muddatidan ilgarigi saylovi) ham o‘rin olgan. Unda aytilishicha, Qonunchilik palatasi prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda uch oy ichida o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda ikki oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Kodeks 87−1-moddani (Senat a’zolarining muddatidan ilgarigi saylovi) ham o‘z ichiga oladi. Senat prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda uch oy ichida, Senatning o‘zi tomonidan tarqatilsa, bir oy ichida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaning yangi tahririga ko‘ra, prezident davlat rahbari uchun muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish, parlament esa o‘z-o‘zini tarqatib yuborish huquqini oldi.