Siyosat

Prezident Toshkentda qurilayotgan obyektlar taqdimoti bilan tanishdi
24 avgust 2021, 08:56

Prezident Toshkentda qurilayotgan obyektlar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabi, Geologiya fanlari universiteti, «Yangi O‘zbekiston» universiteti, Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilishi hamda Markaziy harbiy klinik gospitalida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

23 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 avgust 2021, 20:48

23 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etishi, UzAuto Motors`ga yangi bosh direktor tayinlanishi, Qo‘rg‘ontepa tumani prokurorining o‘z lavozimidan ozod kilinishi — “Gazeta.uz"ning 23 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli himoya qilish haqida xabar berdi
23 avgust 2021, 19:53

Shavkat Mirziyoyev KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli himoya qilish haqida xabar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev KXSHTga a’zo davlatlarga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
23 avgust 2021, 15:15

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotida Afg‘onistondagi hozirgi notinch vaziyatni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev KXSHTning Afg‘onistondagi voqealar bo‘yicha sammitida ishtirok etadi
23 avgust 2021, 11:47

Shavkat Mirziyoyev KXSHTning Afg‘onistondagi voqealar bo‘yicha sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda” KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi.

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda
23 avgust 2021, 10:41

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab targ‘ibochilari uyma-uy yurib, «Milliy tiklanish» partiyasining prezidentlikka nomzodi Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy ravishda imzolar yig‘ayotgani aytilmoqda. Holatga Alisher Qodirov munosabat bildirib, imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va partiya faollarining bosimiga uchraganlardan deputatning Telegram-botiga xabar berishni so‘radi.

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor
21 avgust 2021, 22:24

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor

Bino va inshootlarning buzilishi munosabati bilan hokimiyatlar tadbirkorladan 123 mlrd so‘m qarzdor. Prezident hokimlarga 1 sentyabrga qadar kompensatsiyalarni to‘lab berish vazifasini topshirdi. «Bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart», — dedi u.

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi
21 avgust 2021, 12:42

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi

Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bexzot Narmatov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

20 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 avgust 2021, 22:25

20 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti, 5000 so‘m va 10 000 so‘m nominaldagi yangi banknotalarning yangi dizayni, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining bayonoti — “Gazeta.uz"ning 20 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 chet el fuqarosi evakuatsiya qilindi
20 avgust 2021, 21:46

O‘zbekiston orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 chet el fuqarosi evakuatsiya qilindi

Oxirgi bir necha kunda O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 nafar chet davlatlar fuqarolari evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi TIV.

«Eksportga yuborgan mashinamizni ichki bozorga nisbatan 30−40 foizga arzonroq sotar edik» — prezident
20 avgust 2021, 21:38

«Eksportga yuborgan mashinamizni ichki bozorga nisbatan 30−40 foizga arzonroq sotar edik» — prezident

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportga ichki bozorga nisbatan 30−40 foiz arzonroqqa sotilgan, deya ta’kidladi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida raqobat muhitining shakllanishi, Toshkent, Namangan va Jizzax viloyatlarida yangi zavodlar qurilishi natijasida avtozavod o‘z faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.

150 nafar Afg‘oniston fuqarosi orqaga qaytarilgan — TIV
20 avgust 2021, 20:50

150 nafar Afg‘oniston fuqarosi orqaga qaytarilgan — TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonning 150 nafar fuqarosi o‘zi xohishi bilan vataniga qaytarilganini ma’lum qildi. O‘zbekiston “Tolibon” rahbariyati vakillari bilan “ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik, tazyiq va ta’qiblarning oldini olish” bo‘yicha kelishib olgan.

Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l yuklarini tashish sohasidagi monopoliyani tanqid qildi
20 avgust 2021, 18:34

Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l yuklarini tashish sohasidagi monopoliyani tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l yuklarini tashish sohasidagi monopoliyani tanqid qildi va xususiy logistika operatorlari o‘zining vagonlari bilan faoliyatini boshlashini ma’lum qildi. Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisiga monopoliyani bartaraf etish to‘g‘risida topshiriq berdi. «Kerak bo‘lsa, o‘zing tashkillashtirasan, o‘zing kredit olasan, o‘zing banklarga yalinasan», — dedi u monopol kompaniya rahbariga yuzlanib.

Senatning 18 yalpi majlisi 26 avgust kuni chaqiriladi
19 avgust 2021, 17:46

Senatning 18 yalpi majlisi 26 avgust kuni chaqiriladi

Senatning 18 yalpi majlisida sug‘urta faoliyati, Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Qolaversa, senatorlar Toshkent shahri va viloyati chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqadi va TIV hisobotini tinglaydi.

Laziz Kudratovga Strategik rivojlanish agentligi rahbari vazifasi yuklatildi
19 avgust 2021, 10:31

Laziz Kudratovga Strategik rivojlanish agentligi rahbari vazifasi yuklatildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Laziz Kudratovga Strategik rivojlanish agentligi direktori vazifasi yuklatildi.

18 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 avgust 2021, 21:03

18 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentdagi mahalliy reyslar aeroporti vaqtincha yopilishi, Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga pul mukofoti topshirilishi, tashabbusli byudjet bo‘yicha ovoz berish boshlangani — “Gazeta.uz"ning 18 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«20 yil oldingidek Afg‘onistonni qandaydir ekstremistik kuchlarning qo‘liga bermaslik kerak» — Sodiq Safoyev
18 avgust 2021, 13:06

«20 yil oldingidek Afg‘onistonni qandaydir ekstremistik kuchlarning qo‘liga bermaslik kerak» — Sodiq Safoyev

Senat raisining o‘rinbosari Sodiq Safoyev mintaqaviy loyihalar orqali Afg‘onistonni mintaqa va jahon bozoriga bog‘lash, u yerdagi iqtisodiyotni rivojlantirish urush ehtimolini kamaytirishini qayd etdi. «Biz ko‘p yillar tayyorlagan Afg‘oniston bilan bog‘liq yirik iqtisodiy loyihalar kechiktirilmasligi kerak», — dedi u. Shuningdek, Safoyev xalqaro hamjamiyat 20 yil oldingi xatoni takrorlamasligi, Afg‘onistonni ekstremistik kuchlar qo‘liga berib qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Afg‘onistondan fuqarolar evakuatsiyasini muhokama qildilar
18 avgust 2021, 00:37

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Afg‘onistondan fuqarolar evakuatsiyasini muhokama qildilar

Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Seshanba kuni 125 yo‘lovchisi bo‘lgan evakuatsiya samolyoti Kobuldan Toshkentga uchib keldi. Ular shu yerdan Germaniyaga jo‘natiladi. GFR mudofaa vaziri ko‘proq odamni evakuatsiya qilish uchun Toshkent va Kobul o‘rtasida havo ko‘prigini qurish rejalari haqida ma’lum qildi.

17 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 avgust 2021, 21:46

17 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning matbuotga bergan intervyusi, 1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshirilishi haqidagi farmon, Tashqi ishlar vazirligining Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonoti — “Gazeta.uz"ning 17 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Ashraf G‘ani, Abdul-rashid Do‘stum va boshqa Afg‘oniston yetakchilari O‘zbekistonda emasligi aytildi
17 avgust 2021, 18:23

Ashraf G‘ani, Abdul-rashid Do‘stum va boshqa Afg‘oniston yetakchilari O‘zbekistonda emasligi aytildi

Dunyo axborot agentligi O‘zbekiston hududida Afg‘oniston etnik guruhlarining arboblari va yetakchilari yo‘qligini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting