Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov zimmasiga Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda «Nigoh» Telegram-kanali xabar bermoqda.

Laziz Qudratov (1981 y. t.) Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Xosey universitetini (Yaponiya) tamomlagan. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, so‘ngra «O‘zinfoinvest» agentligining axborot ta’minoti va xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha direktori bo‘lib ishlagan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasiga 2019 yilda tayinlangan.