Bugun, 23 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va mintaqadagi vaziyat muhokama qildi.

«Shu nuqtai nazardan Afg‘onistondagi hozirgi notinch vaziyatga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi xabarda.