“Toshkent va yirik shaharlarda yangi qurilishlar shahar tashqarisida amalga oshiriladi” — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev endilikda poytaxt va yirik shaharlardagi yangi qurilishlar shahar tashqarisida amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. Shuningdek, davlat rahbari daraxtlar kesilishi masalasiga to‘xtalib, “yashil hududlarni kamaytirish holatlari tufayli turarjoy mavzelarida odamlar sayr qiladigan joylar qolmayotganini” ta’kidladi.

“Korrupsionerlar besh oyda 450 mlrd so‘m zarar yetkazgan” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan 2020 yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan 500 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilib, yetkazilgan zarar 450 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

“Joylarda faqat mening tashrifim oldidan haqiqiy holatni bo‘yab ko‘rsatishdek xo‘jako‘rsin ishlar davom etmoqda” — prezident

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, hududlarga tashrif chog‘ida “marshrut"ni o‘zgartirish joylardagi rahbarlarni bo‘shashmasdan, doimo ishchan holatda turishga o‘rgatadi. Davlat rahbarining qayd etishicha, uning ogohlantirishiga qaramasdan, joylarda faqat prezidentning tashrifi oldidan ko‘cha va maydonlarni tozalash ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston chegarada tinchlikni saqlash bo‘yicha “Tolibon” vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi — TIV

TIV Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonotida, O‘zbekiston “qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini” qat’iy bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni chegara himoyasini ta’minlash va chegara hududida tinchlikni saqlash masalalari bo‘yicha “Tolibon” harakati vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turganini ma’lum qilindi. Mamlakatning Kobul va Mozori Sharifdagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda ishlamoqda.

“Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘plab odamlarning bandligi va daromadi tadbirkorlikning qanday qo‘llab-quvvatlanishiga bog‘liq ekanligini ta’kidladi. “Agar biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, ularga sharoit yaratib bermasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi”, — dedi u.

Samarqandda muftiy Usmonxon Alimovning janozasi o‘qildi (foto)

Marhum shayx Usmonxon Alimovning janoza namozi Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida o‘qildi. Janozaga Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston va boshqa davlatlardan qorilar tashrif buyurdi — fotoreportaj.

Chinozda 10 nafar “jihodchi” qo‘lga olindi — IIV

DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan “jihodchilar” oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi. Ular “jihod” maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lganligi aytilmoqda.

Yarim yilda 1272 nafar o‘zbekistonlik qiz xorijliklarga turmushga chiqqan

Joriy yil boshidan beri mamlakatda jami 143 555 ta nikoh qayd etildi. Shundan 1272 tasida o‘zbekistonlik qizlar xorijliklarga turmushga chiqqan. Ularning 207 nafari Rossiya, 148 nafari Qozog‘iston, 106 nafari Turkiya, 42 nafari Koreya Respublikasi, 13 nafari AQSh va boshqa mamlakatlar fuqarolari bilan oila qurgan.

Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart — XDP

Xalq demokratik partiyasi ta’kidlashicha, Tashkent City majmuasiga pul to‘lab kirish — Konstitutsiya tamoyillariga zid va jamiyatda tabaqalashuvga olib keladi. “O‘zbekistonda moliyaviy belgilarga, shuningdek, ayrim imtiyozlarga ko‘ra tabaqalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun Tashkent City`ga kirish bepul bo‘lishi shart”, — deyiladi xabarda.

Uchinchi Renessans nima degani?

Shavkat Mirziyoyev matbuotga bergan intervyusida Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston tushunchalari nimani anglatishiga aniqlik kiritdi.

1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori oyiga 270 ming so‘m, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa oyiga 822 ming so‘m etib belgilandi.

Qashqadaryoda sportchini o‘ldirganlikda gumonlanib olti kishi qamoqqa olindi

Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimov o‘ldirilib ketilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlandi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Islohotlarni qilib, tezroq boyisak, „Tolibon“ kabi xatarlar unchalik qo‘rqinchli emas” — iqtisodchi Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, iqtisodiy qoloqlik va imkoniyatlar tengsizligi kelajakda O‘zbekiston tinchligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. “Bizning iqtisodiy darajamizda bizdek tinch mamlakatlar deyarli yo‘q, bizning daromadlarimiz ancha „xavfli“ chegarada”, — deydi u. Shuningdek, u afg‘onistonlik yuqori malakali kadrlarni O‘zbekistonga olib kelib, boshpana berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni ham taklif qildi.

“Tanlov erkinligi muammosi faqat universitetga emas, hayotning barcha sohalariga taalluqli”. Yaponiyadagi magistrant Kamilla Yenikeyeva bilan suhbat

“Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasining navbatdagi mehmoni — Yaponiyada tahsil olayotgan magistrant Kamilla Yenikeyeva. Biz undan nega Yaponiyada o‘qishni tanlaganligi, Yaponiya oliygohlarida tahsil olishning afzalliklari, universitetning ish topishdagi o‘rni, xorijdagi qiyinchiliklar va O‘zbekistondagi yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.