USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab targ‘ibochilari uyma-uy yurib, “Milliy tiklanish” partiyasining prezidentlikka nomzodi Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy ravishda imzolar yig‘ayotgani aytilmoqda. Holatga Alisher Qodirov munosabat bildirib, imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va partiya faollarining bosimiga uchraganlardan deputatning Telegram-botiga xabar berishni so‘radi.

Xayriya hashariga 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi

Shanba kuni respublika bo‘ylab o‘tkazilgan xayriya hasharida 3 mlrd 193 mln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Shundan 189 mln so‘mdan ortig‘i “Mahalla” fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ajratilgan, deyiladi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hisobotida.

Yuqorichirchiq tumani hokimining haydovchisi 16 yoshli qizni mashinada urib yubordi. U vafot etdi

Toshkent viloyatida Yuqorichirchiq tumani hokimiga tegishli bo‘lgan mashina 16 yoshli qizni urib yubordi. Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qorni va qo‘lini jarohatladi

Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qornini va qo‘llarini 3−4 marotaba tilib, o‘ziga yengil tan jarohatlari yetkazdi. Bosh prokuratura koloniya xodimlariga ish qo‘zg‘atilganini rad etdi, biroq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.

Bu Andersson Uzauto Motors bosh direktori bo‘ldi

Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u “Gruppa GAZ”, “AvtoVAZ “prezidenti va Yazaki`ning Yevropa bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotida Afg‘onistondagi hozirgi notinch vaziyatni muhokama qildi.

Uyida obodonlashtirish xodimlarini ishlatgan tuman prokurori ishdan olindi

Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rejabboyev o‘z lavozimidan ozod qilindi. Avvalroq, u tuman obodonlashtirish xodimlarini o‘zining uchastkasida ishlatgani aytilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli himoya qilish haqida xabar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev KXSHTga a’zo davlatlarga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi qariyb 44 ming donaga kamaydi

O‘zbekistonda 7 oy ichida 124,9 ming dona — o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga kam avtomobil ishlab chiqarildi. Nexia va Spark modellarini ishlab chiqarishda eng ko‘p tushish qayd etildi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda e’lon qilgan eng muhim o‘zgarishlar

Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda kreditlar endi faqat so‘mda berilishi, mikromoliya tashkilotlari uchun yengilliklar, biznes uchun soliq yukini kamaytirish, yer sotish va xususiylashtirish, infratuzilma yaratish, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash, transport-logistika tizimini rivojlantirish va tadbirkorlikka oid tartiblarni soddalashtirish yo‘nalishlarida qator yangiliklar e’lon qilindi. “Gazeta.uz” ushbu uchrashuvda ta’kidlangan barcha muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.

Qo‘llanma: qadamlar uchun pul to‘laydigan 1hls ilovacini o‘rnatish va undan foydalanish

Aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida 1hls ilovasi ishga tushirilgan. Uni mobil telefonga yuklab, kunlik qadamlarni hisoblash va ular uchun elektron hamyonga pul to‘plash mumkin. Ilovani yuklab olish va undagi pulni bank kartasiga qanday o‘tkazish to‘g‘risida “Gazeta.uz” qo‘llanmasida.