O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Narmatov Bexzot Raxmatillayevich «O‘ztransgaz» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Bexzot Narmatov «Andijonneft» AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. Tayinlovga qadar energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

U kompaniyani 2019 yil iyul oyidan buyon boshqarib kelayotgan Ulug‘bek Saidov o‘rniga rahbar etib tayinlandi.