Siyosat

«Qo‘lingizga Konstitutsiyani oling va o‘qing: qaysi modda nima uchun o‘zgarishi kerak?»
17 may 2022, 16:38

«Qo‘lingizga Konstitutsiyani oling va o‘qing: qaysi modda nima uchun o‘zgarishi kerak?»

O‘zLiDeP va «Milliy tiklanish» partiyalari Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani parlamentning ikki palatasi kengashlari muhokamasiga kiritish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov takliflarda xalqning orzu-istaklari mujassam ekanligini ta’kidladi. «Milliy tiklanish» yetakchisi Alisher Qodirov esa barcha fuqarolarni taklif bildirishga chaqirdi. Deputatlar prezident avvalroq bildirib o‘tgan takliflarni takrorlamoqda.

Prezident Vladimir Jonibekovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
17 may 2022, 13:19 1

Prezident Vladimir Jonibekovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Sovet ittifoqining ikki karra qahramoni, uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekovning 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti uni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.

«Oxirgi paytlarda O‘zbekistonda eski davrlarni aks ettiruvchi holatlarni ko‘rib turibmiz» — AQSh elchisi
17 may 2022, 10:18

«Oxirgi paytlarda O‘zbekistonda eski davrlarni aks ettiruvchi holatlarni ko‘rib turibmiz» — AQSh elchisi

AQSh elchisi Deniyel Rozenblyumning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 2016 yildan buyon diniy erkinlikni ta’minlash borasida katta yutuqlarga erishdi, biroq so‘nggi paytlarda «eski davrlarni aks ettiruvchi» holatlar ham kuzatilmoqda. «Orqaga ketmaylik, oldinga ketaylik, yanada bag‘rikengroq jamiyat sari harakat qilaylik», — dedi elchi.

Tojikistonning Xorug‘ viloyatida namoyishchilar hokimning iste’fosini talab qilmoqda
16 may 2022, 22:24

Tojikistonning Xorug‘ viloyatida namoyishchilar hokimning iste’fosini talab qilmoqda

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida namoyishchilar viloyat rahbari va Xorug‘ hokimining iste’fosini talab qilishdi. Prokuratura mitingni mamlakat xavfsizligiga putur yetkazish maqsadida o‘tkazilgan «noqonuniy harakat» deb atadi.

Murotjon Azimov deputat bo‘ldi
16 may 2022, 18:09

Murotjon Azimov deputat bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat etib saylandi.

«Terrorizm va ekstremizmni din bilan bog‘lash zinhor mumkin emas» — Sodiq Safoyev
16 may 2022, 18:01

«Terrorizm va ekstremizmni din bilan bog‘lash zinhor mumkin emas» — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev terrorizm va ekstremizmni din bilan bog‘lash zinhor mumkin emasligini ta’kidladi. «O‘rnashib qolgan stereotiplar va yanglish fikrlarga qarshi kurashish — umumiy vazifamizdir», — dedi u. Senatorning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro terrorizmning tubida irratsional, oldingi davrlardan meros qolgan dunyoqarash yotibdi, ularga qarshi kurash esa ma’naviyat, talim va muloqot evaziga olib borilishi lozim.

Prezident BAAga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi
16 may 2022, 02:05

Prezident BAAga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Tashrif davomida davlat rahbari BAAning yangi saylangan prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashib, unga prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga jo‘nab ketdi
15 may 2022, 15:16

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari 13 may kuni vafot etgan BAA prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning ta’ziya marosimida ishtirok etadi. Tashrif davomida mamlakatning yangi prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabrik yo‘lladi
15 may 2022, 11:07

Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni BAA prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Vazirlik va idoralarda kadr siyosatini baholash bo‘yicha reyting joriy qilinadi
14 may 2022, 16:56

Vazirlik va idoralarda kadr siyosatini baholash bo‘yicha reyting joriy qilinadi

Davlat organ va tashkilotlarida kadr siyosatini yuritishni baholash bo‘yicha 10 ta indikatordan iborat reyting joriy qilinadi va u har 6 oyda e’lon qilib boriladi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi buning yordamida davlat idoralaridagi vakansiyalar to‘ldirilishi va muddatlarga rioya qilinishi, xodimlarning qo‘nimsizlik darajasi hamda ish muhitini baholashni rejalashtirayapti.

Farg‘ona viloyatining eksport salohiyatini $1 mlrdga yetkazish mumkin — prezident
13 may 2022, 18:02

Farg‘ona viloyatining eksport salohiyatini $1 mlrdga yetkazish mumkin — prezident

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona faollari bilan suhbatda endi ish boshlagan paytlari viloyatning eksport salohiyatini 50 mln dollarga yetkazish mo‘ljallangani, o‘tgan yili esa bu miqdor 801 mln dollarga yetganini aytdi. «Hozir 1 mlrd dollar eksport to‘g‘risida gaplashyapmiz», — dedi u. Shuningdek, prezident tadbirkorlarga sharoit yaratib, «ularni siylasak, ular xalqni siylaydi», deya ta’kidladi.

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda
13 may 2022, 16:58

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

Dushanbe shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
13 may 2022, 15:47

Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi vaziyatga e’tibori susayib borayotganini ta’kidladi, garchi «u yerdagi vaziyat og‘ir iqtisodiy inqiroz va qiyin gumanitar vaziyat keskinligicha qolib, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar saqlanib qolmoqda». U iyul oyida Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelgan — prezident
13 may 2022, 12:40

Ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelgan — prezident

Prezident ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelganini aytdi. Unga ko‘ra, yer munosabatlarida hokimlarning vakolati tugatilganiga qaramay, yer uchastkalarini noqonuniy sotish holatlari hamon uchrab turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati hokimligi xodimi yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun hokim Xayrulla Bozorovning imzosini qalbakilashtirgan.

Adirdagi 1000 gektarlik plantatsiya. Prezident Farg‘onaga tashrifini Oltiariqdan boshladi
12 may 2022, 15:34

Adirdagi 1000 gektarlik plantatsiya. Prezident Farg‘onaga tashrifini Oltiariqdan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifini Oltiariqda tashkil etilgan adirlikdagi ming gektarlik plantatsiyadan boshladi. Bu yerda 560 gektarda tokzor barpo etilgan, 300 gektarlik intensiv bog‘da esa olma, gilos, o‘rik ko‘chatlari ekilmoqda. «Bu bog‘ va tokzorlar aholiga xususiylashtirib beriladi», — dedi prezident.

Prezident suv toshqinlaridan himoyalanishni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
11 may 2022, 19:23

Prezident suv toshqinlaridan himoyalanishni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

O‘zbekistonda bahor oylarida 15 ga yaqin yirik sel va ko‘chkilar sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 9 nafar inson va 450 dan ortiq bosh chorva mollari halok bo‘ldi. 245 ta xonadon va 19 ta ko‘prik zarar ko‘rdi. Prezident tunu kun ishlaydigan shtablar tashkil etish va favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishni kuchaytirish yuzasidan topshiriq berdi.

«O‘zbekistonda iyerarxiya juda vertikal bo‘lib qolmoqda» — Germaniya elchisi
11 may 2022, 18:08

«O‘zbekistonda iyerarxiya juda vertikal bo‘lib qolmoqda» — Germaniya elchisi

O‘zbekistonda davlat hokimiyati iyerarxiyasi «juda vertikal» bo‘lib qolmoqda, bu «fuqarolar, fuqarolik jamiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga rivojlanish va jalb qilinishiga yetarli imkoniyatlar bermayapti», deya ta’kidladi Germaniya elchisi Tilo Klinner.

Bundan buyon turli vajlar bilan fermerdan g‘allasini olib qo‘yish taqiqlanadi — prezident
11 may 2022, 17:51

Bundan buyon turli vajlar bilan fermerdan g‘allasini olib qo‘yish taqiqlanadi — prezident

Bundan keyin tumanda reja bajarilmayapti, chorva, parranda yoki baliqchilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar g‘allasini olib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi. Bundan tashqari, birja orqali sotilgan bug‘doyga hududlararo cheklov qo‘yilmaydi. Prezident bosh prokuror, viloyat, tuman va shahar prokurorlari buni shaxsan nazoratiga olib, fermerni norozi qilgan rahbarlarga qat’iy chora ko‘rishni buyurdi.

Prezident: «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li — bozorda taklifni ko‘paytirish»
11 may 2022, 16:35

Prezident: «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li — bozorda taklifni ko‘paytirish»

Shavkat Mirziyoyev jahon bozorida oziq-ovqat narxi kun sayin ortib borayotgani, jumladan, bug‘doy narxi yil boshidan beri 30 foizga qimmatlashganini aytdi. «Narx-navo barqarorligini ta’minlashning yagona to‘g‘ri yo‘li bu — bozorda taklifni ko‘paytirish hisoblanadi», — dedi u. Qolaversa, «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi 43 ta don korxonasi xarajatlari yuqoriligi, biroq rentabelligi 2 baravar pastligi tanqid qilindi.

O‘zbekiston 140-mamlakat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi
11 may 2022, 11:41

O‘zbekiston 140-mamlakat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi

O‘zbekiston Karib dengizi havzasining yana bir davlati — Sent-Vinsent va Grenadin orollari bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting