Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifini Oltiariq tumanida tashkil etilgan ming gektar adirlikda uzumchilik va bog‘dorchilik plantatsiyasidan boshladi, deb xabar bermoqda uning matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, ilgari bu joy hech narsa ekilmaydigan quruq yer bo‘lgan. Bu yerda quduqlar va hovuzlar qazilib, tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zlashtirilgan maydonlarning 560 gektarida tokzor barpo etilib, «xusayni», «kelinbarmoq», «rizamat», «kishmish» kabi xaridorgir uzum navlari ekilmoqda. 300 gektarlik intensiv bog‘da olma, gilos, o‘rik ko‘chatlari o‘tqazilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘zlashtirilgan maydonlarning 560 gektarida tokzor barpo etilib, «xusayni», «kelinbarmoq», «rizamat», «kishmish» kabi uzum navlari ekilmoqda. 300 gektarlik intensiv bog‘da olma, gilos, o‘rik ko‘chatlari o‘tqazilyapti. Qator oralariga tarvuz ekilgan. Bozor talabiga qarab, qalampir, bulg‘or qalampiri, bodring, ko‘katlar va boshqa poliz mahsulotlari yetishtiriladi.

Qator oralariga tarvuz ekilgan. Bozor talabiga qarab, qalampir, bulg‘or qalampiri, bodring, ko‘katlar va boshqa poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Bular aholi daromadi, yurtimiz eksportini oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi.

«Farg‘ona qishloq xo‘jaligida katta natijalarga erishayapti, odamlarning dunyoqarashi o‘zgarayapti, dehqonlar eksportga chiqayapti. Lekin kechagi natija bugunga to‘g‘ri kelmaydi. Doim izlanishda, harakatda bo‘lishimiz kerak. Mana, salgina sharoit yaratilgani uchun shuncha joy bog‘ bo‘ldi. Hali ichki imkoniyatlarimiz juda ko‘p. Bu imkoniyatlarni „inson qadri“ tamoyili asosida xalqimiz manfaatiga yo‘naltirish kerak. Vodiy gavhari Farg‘ona bunda namuna bo‘lishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.


Bu yer zamonaviy agrosanoat majmui bo‘ladi — 1500 tonna sig‘imli muzlatkichli ombor, maishiy xizmat shoxobchalari barpo etiladi. 6 ta minitraktor, 10 ta yuk mashinasi sotib olinadi, deyiladi xabarda.

Davlat rahbari farg‘onalik dehqonlar va klaster rahbarlari bilan suhbatlashdi. «Bu bog‘ va tokzorlar aholiga xususiylashtirib beriladi. Mulkdor qancha ko‘p bo‘lsa, mas’uliyat ko‘p bo‘ladi, xaridorlarning, chet ellik hamkorlarning tadbirkorga ishonchi bo‘ladi, odamlar ko‘proq daromad oladi», — dedi prezident.

Qayd etilishicha, mazkur hududda 3 mingdan ortiq ish o‘rni ochiladi. Ularga ishsiz yoshlar va ehtiyojmand oilalar, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat muhojirlari ishga olinadi.