Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Xalq deputatlarining viloyat kengashiga deputat etib saylandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

15-may kuni Qashqadaryoda xalq deputatlari uchun bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazildi. 16-may kuni viloyat saylov komissiyasi «Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

Azimov Murotjon Berdialiyevich 1976-yil Kitob tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Lebiral demokratik partiyasi a’zosi.

2016 yilning sentabridan u O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Buxoro viloyati prokurori bo‘lgan. 2018 yilning fevral oyidan boshlab general-mayor Murotjon Azimov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

Undan so‘ng, 2021 yil noyabridan Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib, 2022 yilning 22 aprelidan esa hokim vazifasiga tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, viloyatning avvalgi hokimi bo‘lgan Zoir Mirzayev ham xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati bo‘lgandi.