Siyosat

«Jamoatchilik fikrini olish juda muhim». AQSh elchisi — Konstitutsiyaning 90-moddasiga o‘zgartishlar kiritilishi haqida
30 avgust 2022, 13:42

«Jamoatchilik fikrini olish juda muhim». AQSh elchisi — Konstitutsiyaning 90-moddasiga o‘zgartishlar kiritilishi haqida

AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum O‘zbekiston hukumati va fuqarolari prezidentlik muddatlarini o‘zgartirishning «foyda va xatarlarini diqqat bilan ko‘rib chiqishlariga» umid bildirdi. Bu borada bahs-munozaralar borligi yaxshi, deya qayd etdi u.

Prezident bir qator chet el fuqarolarini mukofotladi
30 avgust 2022, 08:15

Prezident bir qator chet el fuqarolarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev 12 nafar chet el fuqarosini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi. Ular orasida Turkiya vitse-prezidenti, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari vazirlari, AQSh va Ozarbayjon elchilari va boshqalar bor.

Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi
29 avgust 2022, 22:05

Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Prezident farmoni bilan Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan u investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari YeI doirasida muloqotni rivojlantirishni muhokama qildilar
29 avgust 2022, 21:33

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari YeI doirasida muloqotni rivojlantirishni muhokama qildilar

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer telefon orqali muloqotda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni mamlakat mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi. Tomonlar mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Yevropa Ittifoqi doirasidagi konstruktiv muloqotni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodi ma’qullandi
29 avgust 2022, 12:40

Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodi ma’qullandi

Deputatlar 16 iyuldan beri bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitovning nomzodini ma’qulladi. U bunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykali nihoyat ochiladi
29 avgust 2022, 10:19

Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykali nihoyat ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchga yetib bordi. U sarkarda Jaloliddin Manguberdining 25 metrlik haykali ochilishida ishtirok etadi. Haykal bir necha oy avval o‘rnatilgandi, biroq shu davr ichida yopiq holda saqlandi.

IT-parkda ilk osmono‘par binolar foydalanishga topshirildi (foto)
27 avgust 2022, 20:28

IT-parkda ilk osmono‘par binolar foydalanishga topshirildi (foto)

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilayotgan IT-parkda dastlabki 20, 22 va 25 qavatli binolar foydalanishga topshirildi. Ularda «Aloqabank» va «O‘zbektelekom» joylashgan. Kelgusida bu yerga AKT vazirligi va sanoat korxonalari ko‘chiriladi. Prezident osmono‘par binolardan birining tomiga ko‘tarildi. Foto.

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)
27 avgust 2022, 15:46

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)

Toshkent viloyati Zangiota tumanida «Elektron hukumat» tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi bunyod etildi. 20 petabayt xotiraga ega tizim ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi. Prezident markazni mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi» deb atadi.

Kamilov va Norov Turkmanistonning «Galkinish» ordeni bilan taqdirlandi
27 avgust 2022, 08:42

Kamilov va Norov Turkmanistonning «Galkinish» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov va tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Turkmanistonning «Galkinish» («Tiklanish») ordeni bilan taqdirlandi. Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov esa O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. Marosim Ashxobodda bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
27 avgust 2022, 08:18

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligi kuni bilan tabriklar ekan, «do‘st ukrain xalqiga tinchlik va farovonlik» tiladi. U ikki davlat o‘rtasidagi «an’anaviy ravishda do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan» munosabatlar «bundan keyin ham rivojlanib borishiga» ishonch bildirdi.

Bashar Asadning Samarqanddagi SHHT sammitiga tashrifi muhokama qilinmagani aytildi
26 avgust 2022, 21:38

Bashar Asadning Samarqanddagi SHHT sammitiga tashrifi muhokama qilinmagani aytildi

Suriya prezidenti Bashar Asadning Samarqanddagi SHHT sammitiga tashrifi muhokama qilinmadi, dedi O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov. Avvalroq OAV uning sammit doirasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Blokcheyn texnologiyasi odamlar uchun davlat xizmatlaridagi shaffoflik va qulaylikni qanday yaxshilaydi?
26 avgust 2022, 18:07

Blokcheyn texnologiyasi odamlar uchun davlat xizmatlaridagi shaffoflik va qulaylikni qanday yaxshilaydi?

Davlat organlarida blokcheyn texnologiyasini qo‘llash aholi turmush darajasini yaxshilash, tengsizliklarni kamaytirish va oldinga «sakrash»ga yordam beradi, deya yozadi YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska.

O‘zbekistonda sudyalarning sovg‘alar olishi taqiqlandi
26 avgust 2022, 16:52

O‘zbekistonda sudyalarning sovg‘alar olishi taqiqlandi

Sudyalar oliy kengashi sudyalarning sovg‘a olishini tartibga soluvchi nizomni tasdiqladi. Unga ko‘ra, sudyalar va ularning oila a’zolariga tekin xizmatlar yoki mol-mulkdan bepul foydalanish, qimmatbaho sovg‘alar olish taqiqlanadi. Nizomda ruxsat etilgan sovg‘a miqdori va javobgarlik masalasi ham belgilangan.

Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga saylandi
26 avgust 2022, 14:49

Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga saylandi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining yangi raisi etib Amanbay Orinbayev saylandi. U avvalroq IIV rahbari va Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Prezident u o‘z lavozimida Qoraqalpog‘iston xalqiga sidqidildan xizmat qilishi va bildirilgan ishonchni oqlashi lozimligini ta’kidladi.

Nukus voqealari negizida aholi muammolariga yechim topilmagani yotibdi — prezident
26 avgust 2022, 14:23

Nukus voqealari negizida aholi muammolariga yechim topilmagani yotibdi — prezident

Shavkat Mirziyoyev ikki oy oldingi Nukus voqealari negizida aholining ayrim ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yotganini ta’kidladi. «Chunki bu yerdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar „xalqni rozi qilish“ degan ezgu tushunchani hali anglab yetmagan», — dedi u.

Qoraqalpog‘iston yetakchisi Murat Kamalov «betobligi sababli» lavozimidan ozod etildi
26 avgust 2022, 12:34

Qoraqalpog‘iston yetakchisi Murat Kamalov «betobligi sababli» lavozimidan ozod etildi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov betobligi tufayli va o‘z murojaatiga asosan lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga sobiq ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev nomzodi taklif etildi.

Prezident Nukusga uchib ketdi
26 avgust 2022, 11:58

Prezident Nukusga uchib ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida ishtirok etish uchun Nukusga uchib ketdi.

Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi
26 avgust 2022, 09:18

Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov egalladi.

Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri deputat etib saylandi
25 avgust 2022, 19:16

Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri deputat etib saylandi

Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev Jo‘qorg‘i Kengesi deputati etib saylandi.

Deputatlar qonunni Senatni chetlab o‘tib, prezidentga kiritmoqchi bo‘ldi, biroq Spiker shoshmaslikni so‘radi
25 avgust 2022, 18:39

Deputatlar qonunni Senatni chetlab o‘tib, prezidentga kiritmoqchi bo‘ldi, biroq Spiker shoshmaslikni so‘radi

Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan — nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bir oylik muddatni bekor qilishga oid qonunni qayta ko‘rishdan olib tashlashni bekor qildi. Deputatlar qonunni Senatni chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga kiritishni taklif qildi, biroq Spiker shoshmaslikka chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting