Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan O‘zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan 12 nafar chet el fuqarosini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

Mukofotlanganlar «davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ulkan demokratik o‘zgarishlarni, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi samarali faoliyati uchun» taqdirlandilar.

Mukofotlanganlar ro‘yxati

1. Fuat Oktay — Turkiya vitse-prezidenti

2. Manturov Denis Valentinovich — Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari — sanoat va savdo vaziri

3. Xolid Abdulaziz al-Falih — Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri

4. Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy — Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari bo‘yicha vaziri

5. Lyuk Devin — Yevropa tashqi aloqalar xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori o‘rinbosari

6. Van Yanchji — Ipak Yo‘li Jamg‘armasi prezidenti — direktorlar kengashi ijrochi direktori (Xitoy)

7. Deniyel Rozenblyum — AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi

8. Guliyev Guseyn Rzagulu o‘g‘li — Ozarbayjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi

9. Chernikova Alevtina Anatolevna — Rossiyaning «MISiS» milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori

10. Malыshev Vladimir Sergeyevich — Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori

11. Tregulova Zelfira Ismailovna — Tretyakov Davlat galereyasi bosh direktori (Rossiya)

12. Ziyadullayev Nabi Saidkarimovich — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maslahatchisi