O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida ishtirok etadi.

Prezident Qoraqalpog‘istonga so‘nggi bor, iyul boshida Nukusda kuzatilgan namoyishlardan so‘ng, 2 va 3 iyul kunlari tashrif buyurgandi. O‘shanda u «soxta shiorlarni o‘ziga niqob qilib olgan holda, fuqarolarning ishonchiga kirib, tartibsizliklar keltirib chiqardi, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini egallab olishga urindi», deya ta’kidlagandi.

Shu kunlarda Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev Jo‘qorg‘i Kengesi deputati etib saylangani haqida ham yozgandik.