O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va ushbu mamlakat xalqini Ukraina milliy bayrami — Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Tabriknoma 25 avgust kuni O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi saytida e’lon qilindi.
«Bu oyda biz ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim sana — diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaymiz. Hech shubha yo‘qki, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan o‘zbek-ukrain munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bundan keyin ham rivojlanib boradi», — deyiladi tabrikda.
«Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do‘st ukrain xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Qayd etish joizki, tabrik O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati saytida e’lon qilinmadi. Ayrim yillarda bu haqda bir satr bilan e’lon qilingan — masalan, 2020 yil (Vladimir Zelenskiy tabriklangan) va 2018 yilda (Pyotr Poroshenko).