O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq Aziz Botirovich Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati. Shu munosabat bilan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida xalq vakillari Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodini ko‘rib chiqib, ma’qullashgani haqida xabar qilgan edik.

U mazkur lavozimda 16 iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Jamshid Xodjayev o‘rnini egalladi.

Aziz Voitov (1980 y.t.) Toshkent moliya institutini (2001 yilda) «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida (2010 yilda) «Biznes boshqaruvi» bo‘yicha tahsil olgan.

U 2000−2017 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlarda, 2017−2020 yillarda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

Aziz Voitov 2020 yilning 10 martdan to hozirgi kunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi