Siyosat

Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketadi
14 mart 2024, 00:41

Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketadi

Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu munosabat bilan unga chopon va faxriy yorliq topshirdi.

Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi bo‘ldi
13 mart 2024, 16:42

Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi bo‘ldi

Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi bo‘ldi. U bunga qadar Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Afg‘oniston biznesi uchun “eng qulay shart-sharoitlar” yaratishga tayyor (+foto)
13 mart 2024, 11:23

O‘zbekiston Afg‘oniston biznesi uchun “eng qulay shart-sharoitlar” yaratishga tayyor (+foto)

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular muloqotda Afg‘onistondagi savdo, tranzit, investitsiyalarni rivojlantirish, suv resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik va boshqa masalalarga to‘xtaldi (+foto).

Hokim yordamchisi Sirdaryo tumaniga hokim bo‘ldi
13 mart 2024, 10:38

Hokim yordamchisi Sirdaryo tumaniga hokim bo‘ldi

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga Musurmankul Xatamov hokim bo‘ldi. U avval viloyatning boshqa tumanida hokim yordamchisi vazifasida ishlagan.

Senat raisi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining sessiyasida qatnashmoqda
12 mart 2024, 09:16

Senat raisi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining sessiyasida qatnashmoqda

Nyu-York shahrida Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining sessiyasida qatnashmoqda. Tashrif davomida tashkilot tuzilmalari rahbarlari, prezidentlar va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham reja qilingan.

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi
11 mart 2024, 20:20

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi

Toshkent shahri Bektemir tumaniga avval Chilonzor tumani hokimining “Gavhar” mahallasidagi yordamchisi bo‘lib ishlagan Nurilla Abduraxmanov hokim etib tayinlandi.

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi
8 mart 2024, 10:21

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bungacha O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, bir vaqtning o‘zida Vengriyadagi elchisi ham bo‘lgan.

Ilzat Kasimov investitsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
7 mart 2024, 12:41

Ilzat Kasimov investitsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Ilzat Kasimov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
7 mart 2024, 11:58

O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi TIV boshqarma boshlig‘i bo‘ldi
7 mart 2024, 09:43

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi TIV boshqarma boshlig‘i bo‘ldi

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi Qahramon Shokirov o‘z missiyasini yakunladi. U TIV markaziy apparati boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.

XDP Yunus Rajabiy mahallasida joylashgan futbol maydoni o‘rnidagi qurilishga qarshi chiqdi
6 mart 2024, 21:25

XDP Yunus Rajabiy mahallasida joylashgan futbol maydoni o‘rnidagi qurilishga qarshi chiqdi

XDP Yunus Rajabiy mahallasidagi futbol maydoni va yashil hududni buzib, o‘rnida bino qurishga qarshi chiqqan fuqarolarni qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq “Gazeta.uz” mazkur vaziyat haqida yozgandi. Partiya Toshkent shahri hokimligiga so‘rov yuborib, sobiq hokim qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.

O‘zbekiston Lixtenshteyn bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
6 mart 2024, 14:55

O‘zbekiston Lixtenshteyn bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Lixtenshteyn O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 146-davlat bo‘ldi. Bu haqdagi hujjat Nyu-Yorkda imzolandi.

Prezident yangi Tashkent City Mall savdo markazini borib ko‘rdi (foto)
6 mart 2024, 08:57

Prezident yangi Tashkent City Mall savdo markazini borib ko‘rdi (foto)

Prezident hukumat, parlament a’zolari va boshqa rasmiylar hamrohligida yangi Tashkent City Mall majmuasini borib ko‘rdi. U do‘konlar, o‘yin maydonlari, fitnes markazi, mamlakatdagi birinchi IMAX kinoteatri va 31 qavatli mehmonxonani aylanib chiqdi, boshqa shaharlarda ham bunday markazlar zarurligini aytdi.

Zafarobod va Buxoro tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
5 mart 2024, 21:49

Zafarobod va Buxoro tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, Buxoro tumani hokimi esa sog‘lig‘idagi muammo tufayli lavozimidan ozod etildi. Ularning o‘rniga yangi hokimlar tasdiqlandi.

Jamoliddin Xodjimanov Guliston shahri hokimi bo‘ldi
5 mart 2024, 11:20

Jamoliddin Xodjimanov Guliston shahri hokimi bo‘ldi

Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Jamoliddin Xodjimanov Guliston shahri hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvali hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etilgandi.

MSK rahbari AQShda prezidentlik saylovlari bo‘yicha praymeriz kuzatuvida ishtirok etmoqda (+foto)
4 mart 2024, 11:09

MSK rahbari AQShda prezidentlik saylovlari bo‘yicha praymeriz kuzatuvida ishtirok etmoqda (+foto)

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev va komissiya vakillari AQShda prezidentlik praymerizlarida ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan tanishish maqsadida Kaliforniya shtatida bo‘ldi. Tashrif davomida ular AQShda qo‘llaniladigan zamonaviy saylov texnologiyalarini ham o‘rganadilar.

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari jazoni manzil koloniyada o‘tamoqda
29 fevral 2024, 21:13

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari jazoni manzil koloniyada o‘tamoqda

2021-yil dekabr oyida 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov 2023-yilning may oyidan buyon jazo muddatini manzil koloniyada o‘tamoqda, deya tasdiqladi Oliy sud.

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
29 fevral 2024, 16:39

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi Qadambay Sultonov faoliyatini yakunladi. U mazkur davlatlarda 2019−2024-yillar davomida faoliyat yuritdi.

Prezident Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga boradi
29 fevral 2024, 11:17

Prezident Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga boradi

Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar va mahallalardagi ishlar bilan tanishiladi. Shuningdek, Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
28 fevral 2024, 21:03

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Timur Butunbayev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Xabibulla Quvondiqov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting