Ilzat Ablaxatovich Kasimov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Tayinlov 7-mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tkazilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda e’lon qilindi.

Avvalroq “O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Axmedov ham vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. Shuningdek, o‘z tizimidagi kamchilik va sustkashlik bo‘lgani uchun o‘rinbosarlardan biri Badriddin Abidov lavozimidan ozod qilingandi.